Noyabrning sönggi kunlarida Toşkent şahrida havo ifloslanişi xavfi ortadi
2026-11-22 16:45:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tizimidagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (GMITI) tomonidan tayyorlangan tahlil natijalariga köra, joriy yilning noyabr oyida Toşkent havosida PM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori 2025-yilning şu davriga nisbatan qariyb 50 foizga kamaygan. Şuningdek, joriy yilda PM2,5 böyiça sutkalik ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) 4 kun davomida oşgan bölsa, 2025-yilda bu holat 15 kun kuzatilgan.
Tahlillar havodagi ifloslantiruvçi zarraçalar konsentratsiyasiga meteorologik şaroitlar, xususan, sinoptik jarayonlar, şamol, yoğingarçilik va harorat inversiyasi sezilarli ta’sir körsatişini tasdiqladi.
Şuningdek, 31-oktabr – 20-noyabr kunlari Olmazor, Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlaridan olingan PM2,5 namunalarining element tarkibi 15 ta davr böyiça laboratoriya şaroitida tahlil qilindi. Noyabr oyi böyiça örtaça natijalar quyidagiça böldi:
— Sanoat, transport va energetika sohalaridagi yoniş jarayonlari — 48 foiz;
— Tabiiy çang — 38 foiz;
— Manbasi aniqlanmagan komponentlar — 11 foiz;
— Oğir metallar — 2 foiz.
Laboratoriya tahlillari ifloslaniş manbalari uluşi ob-havo şaroitiga qarab özgarişini ham körsatdi. Xususan, 31-oktabr – 3-noyabr kunlari turğun havo va inversiya şaroitida yoniş jarayonlarining uluşi 55 foizni taşkil etgan. 31-oktabrdan 2-noyabrgaça bölgan tungi vaqtda esa Olmazor, Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlarida bu körsatkiç 60–61 foizga yetgan.
9–10-noyabr kunlari yomğirdan keyin tabiiy çang uluşi 15–26 foizgaça kamaygan, yoniş jarayonlari uluşi esa 64–77 foizni taşkil etgan. 19–20-noyabr kunlari şamol ta’sirida Olmazor tumanida tabiiy çang uluşi 57 foizga yetib, kuzatuv davridagi eng yuqori körsatkiç qayd etilgan. Şuningdek, 17–19-noyabr kunlari Mirzo Uluğbek tumanida oğir metallar uluşi 10 foizgaça yetgan.
Meteorologik tahlillar havo turğun bölgan kunlarda PM2,5 konsentratsiyasi keçki soatlarda sezilarli oşişini körsatdi. Xususan, 13–18-noyabr kunlari soat 18:00 dan keyin mayda zarraçalar miqdori kötarilib, 22:00 da 75 mkg/m³ ga yetgan. Kunduzi havo aralaşuvi kuçaygan vaqtda, soat 13:00 da esa bu körsatkiç 26 mkg/m³ gaça pasaygan. Ya’ni keçki va kunduzgi vaqtdagi farq qariyb 3 baravarni taşkil etgan. Bu holat harorat inversiyasi şaroitida ifloslantiruvçi moddalarning yerga yaqin havo qatlamida töplanişi bilan boğliq.
Institut olimlari tomonidan ECMWF ansambl modeli (50 ta hisoblaş a’zosi) asosida tayyorlangan prognozga köra, noyabr oyining qolgan qismida ob-havo şaroiti ikki bosqiçda keçadi:
— 22–26-noyabrda iliq havo massasi ta’sirida kunduzi harorat +14…+25, keçasi +6…+9 daraja bölişi kutilmoqda. Şamol tezligi, asosan, 1–2 m/s atrofida böladi. 24-noyabr kuni yomğir yoğiş ehtimoli 92 foizni, 26-noyabr kuni keçqurun esa 44 foizni taşkil etadi. 26-noyabrda şamol tezligi 10–12 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Atmosfera frontlari ta’sirida yomğirli kunlarda havoning tozalanişi kutilmoqda. Biroq 22 va 25-noyabr kunlari keçki va tungi soatlarda ifloslantiruvçi moddalar miqdori harorat inversiyasi tufayli qisqa muddatga ortadi.
27–30-noyabrda esa harorat inversiyasi kuçayadi. 27-noyabrdan boşlab front ötişi ortidan antisiklon şakllanişi kutilmoqda. 27–28-noyabr kunlari atmosfera bosimi 1028–1029 gPa gaça kötarilişi mumkin. Bu davrda şamol tezligi 0,5–1,5 m/s atrofida bölib, yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi harorat +4…+5, kunduzi +10…+12 daraja bölişi prognoz qilinmoqda. Tungi va ertalabki soatlarda tuman tuşişi ehtimoli ham mavjud.
Eng kuçli harorat inversiyasi 27–30-noyabr kunlari kuzatilişi kutilmoqda. Ayniqsa, isitiş mavsumi bilan boğliq taşlamalar ta’sirida PM2,5 konsentratsiyasining oşiş xavfi yuqori böladi.
30-noyabrdan atmosfera bosimi pasayib, inversiya xavfi örta darajaga tuşişi prognoz qilingan.
Muhim jihat: 2025-yilning 22–30-noyabr kunlari PM2,5 ning örtaça konsentratsiyasi 161 mkg/m³ ni taşkil etgan va töqqiz kunning barçasida sutkalik me’yordan oşiş kuzatilgan. Joriy yilda esa atmosfera frontlari ta’sirida ötgan yilgi kabi uzluksiz yuqori ifloslaniş holati kutilmayapti.
Toşkent şahrida 2026-yil noyabr oyining dastlabki 21 kunida havo sifati 2025-yilning şu davriga nisbatan sezilarli yaxşilangan. Bunda meteorologik şaroitlar, xususan, yoğingarçilik va atmosfera frontlarining ta’siri muhim örin tutgan. Öz navbatida havo sifatini barqaror yaxşilaş uçun ifloslaniş manbalarini nazorat qiliş va taşlamalarni kamaytiriş böyiça tizimli çoralarni davom ettiriş zarur.
