Toşkentda korxonalardan biri havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi
2026-11-19 10:20:00 / Yangiliklar

Örganiş davomida korxona ikkilamçi xomaşyodan polietilen granulalar işlab çiqariş bilan şuğullanişi, korxona tomonidan atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça tegişli çora-tadbirlar işlab çiqilmaganligi, şuningdek, atmosfera havosiga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdori belgilangan tartibda nazorat qilinmaganligi aniqlandi.
Xususan, normativ hujjatlarda belgilangan talabga köra, atmosfera havosiga çiqarilayotgan taşlamalar miqdori ixtisoslaşgan laboratoriyani jalb qilgan holda muntazam monitoring qilinişi lozim. Biroq korxona tomonidan uşbu talab bajarilmagan.
Şuningdek, davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablarning bajarilişi holati örganilganda, atmosfera havosiga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar ustidan doimiy nazoratni ta’minlaş, çang-gaz tozalaş uskunalarini örnatiş va ekologik normativlarga rioya etilişi böyiça talablar bajarilmagani ma’lum böldi.
Örganiş davomida atmosfera havosidan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari ötkazildi. Natijalarga köra, atmosfera havosidagi azot 2 oksidi va çang miqdori me’yoridan ortganligi ma’lum böldi. Çiqindilar bilan boğliq holat örganilganda esa korxona hududida çiqindilarni vaqtinça saqlaş uçun maxsus konteynerlar mavjud emasligi aniqlandi.
Korxona tomonidan Özbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”, “Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida” va “Çiqindilar töğrisida”gi qonunlari talablari qöpol tarzda buzilgan.
Korxonaga atmosfera havosini ifloslantirganlik uçun qöşimça kompensatsiya tölovi hisoblandi. Şuningdek, aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, hujjatlar sudga yuborildi. Qolaversa, kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan 5 ta banddan iborat majburiy körsatmalar berildi.
Hozirda korxona faoliyatini töxtatiş böyiça sudga hujjatlar tayyorlanmoqda.
