Toşkentda noyabr oyining ikkinçi yarmida havo sifati va meteorologik vaziyat qanday böladi?
2026-11-18 19:10:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tizimidagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 19–30-noyabr kunlari uçun Toşkent şahrining meteorologik şaroiti va atmosfera havosidagi ifloslantiruvçi moddalar tarqalişi böyiça prognoz tayyorlandi.
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, geografiya fanlari doktori Doniyor Turğunov şu haqdagi kutilmalar böyiça ma’lumot berdi.
Meteorologik prognozlarga köra, 19–20 noyabrda atmosfera holati ayrim muddatlarda özgarib turib, şamol havoni tozalaşga, ifloslantiruvçi moddalarni tarqatişga yordam beradi. 21–26-noyabr kunlari esa meteorologik şaroit qisman qulay bölişi kutilmoqda.
Kunduzi havoning vertikal almaşinuvi yaxşi bölsa-da, tun va ertalab ayrim hududlarda tuman va qisqa muddatli ifloslaniş kuzatilişi mumkin. 27–30 noyabrda esa tungi va ertalabki inversiya kuçayişi hamda isitiş mavsumi sabab PM2.5 miqdorining oşiş ehtimoli yuqori.
