Toşkent viloyatida havoni ifloslantirayotgan huquqbuzarlar aniqlandi
2026-11-18 14:40:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Yuqori Çirçiq tumani Yaşnobod MFY hududida huquqbuzarlar X.A. hamda A.A. tomonidan ekologik talablarga rioya qilmagan holda pista kömir (briket) işlab çiqarilayotgani aniqlandi.
Huquqbuzarlar davlat ekologik ekspertizasining tegişli xulosasini olmasdan, işlab çiqariş uskunalariga filtr qurilmalarini örnatmasdan faoliyat yuritgan hamda buning natijasida atmosfera havosini ifloslantirgan.
Holat yuzasidan Ekopolitsiya xodimlari tomonidan fuqarolar bilan tuşuntiriş işlari olib borilib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 96-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi.
Şuningdek, aniqlangan qonunbuziliş holatlari bartaraf etilgunga qadar pista kömir işlab çiqariş uskunasi faoliyati töxtatildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
