Toşkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi uşlandi
2026-11-17 13:00:00 / Yangiliklar
Holat Qömita hamda Toşkent hayvonot boği mutaxassislari bilan hamkorlikda örganildi. Ma’lumot öz tasdiğini topdi va sudralib yuruvçi jonivor xavfsiz tarzda tutib olinib, reabilitatsiya qiliş uçun Toşkent hayvonot boğiga topşirildi. Hozirda Nil timsohi Özbekiston suv havzasiga qanday kelib qolgani örganilmoqda.
Ma’lumot uçun: Nil timsohi timsohlar turkumining eng yirik va xavfli vakillaridan biridir. Tabiiy şaroitda u Afrikaning çuçuk suvli daryo, köl va botqoqliklarida yaşaydi.
Ekologiya milliy qömitasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son "Yovvoyi hayvonlarni saqlaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq, jismoniy şaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni (jumladan, timsohlarning barça turlarini) yarim erkin şaroitlarda, sun’iy yaratilgan yaşaş muhitida yoki tutqunlikda saqlaş taqiqlanganini eslatib ötadi. Şuningdek, ulardan sirk tomoşalarini ötkaziş maqsadida foydalaniş ham man etiladi.
Qömita fuqarolarni qonunçilik talablariga qat’iy rioya qilişga, yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlamaslikka hamda bunday holatlar aniqlanganda zudlik bilan tegişli organlarga xabar berişga çaqiradi.
