“Children’s Eyes on Earth” xalqaro fototanlovi boshlandi
2024-10-21 11:45:00 / Yangiliklar
16-oktabr kuni Parijda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha 2024-yilgi konferensiyasi (COP29) doirasida “Children’s Eyes on Earth” (“Bolalarning nigohi Yerda”) xalqaro fototanlovi boshlandi.
"Men tabiatni yaxshi ko'raman, ifloslanishdan qo'rqaman" mavzusidagi fototanlov Bokudagi “IDEA Campaign” (International Dialogue for Environmental Action — Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro muloqot) prezidenti Leyla Aliyeva homiyligida “Reza Visual Academy” asoschisi, xalqaro miqyosda mashhur fotograf Reza Degati tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. “Children’s Eyes on Earth” xalqaro tanlovi elchilaridan biri buxorolik iqtidorli fotosuratchi Behzod Boltayevdir.
Tanlov doirasida 31-oktabrgacha ochiq tanlov e’lon qilindi. Unda dunyoning turli burchaklaridan 18 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar tabiatning go‘zalligi hamda ifloslanish va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar haqida o‘z qarashlari aks etgan fotosuratlar bilan qatnashishlari mumkin.
Fotosuratlar ijodiy yondashuv, mavzuga mosligi, fikr va hissiyotlarni uyg‘ota olish qobiliyatiga qarab baholanadi. G‘olib deb topilgan fotosuratlar 2024-yilgi BMTng Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP29) doirasida 11-noyabrdan boshlab Ozarbayjondagi Haydar Aliyev markazida namoyish etiladi, dunyo yetakchilari, atrof-muhit himoyachilari va jamoatchilik yosh fotograflarning ijod namunalarini ko’rish uchun yig’ilishadi. Shuningdek, g’oliblar SRL fotokameralari bilan ham taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etish haqida tanlovning quyidagi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot olishingiz mumkin:
www.childreneyes.earth
www.childreneyes.earth
Tanlovda qatnashich uchun ishtirokchilar mavzuga mos keladigan 1 dan 20 tagacha fotosuratlari, suratlari haqidagi qisqacha ma’lumot hamda o‘zlarining rasmlarini quyidagi sayt orqali onlayn tarzda yuborishlari lozim:
https://childreneyes.earth
https://childreneyes.earth
Arizalar 31-oktabrgacha qabul qilinadi.
“Bolalarning nigohi Yerda” nafaqat tanlov, balki kelajak avlodni atrof-muhitni asrab-avaylashda yetakchilik qilish uchun harakatga chaqiruvdir. Yoshlar o'z nuqtai nazarlari orqali sayyoramizni himoya qilish bo'yicha global tashabbushga hissa qo'shadilar.