Özbekiston CCPI 2027 xalqaro iqlim reytingida 10 poğonaga yuqoriladi
2026-11-16 15:30:00 / Yangiliklar

"Germanwatсh" va "NewClimate Institute" xalqaro tahliliy taşkilotlari tomonidan tayyorlangan tadqiqot natijalari 2026-yil noyabr oyida Turkiyaning Antaliya şahrida BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi doiraviy konvensiyasi Tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31) ötkazilayotgan davrda e’lon qilindi.
"Climate Change Performance Index" davlatlarning iqlim özgarişiga qarşi kuraş borasidagi sa’y-harakatlarini mustaqil baholaşga xizmat qiluvçi xalqaro vositalardan biridir. Reyting global issiqxona gazlari çiqindilarining 90 foizdan ortiği töğri keladigan mamlakatlarni qamrab oladi.
Baholaş törtta asosiy yönaliş — issiqxona gazlari taşlamalari, qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş, energiya iste’moli hamda davlatning iqlim siyosati böyiça amalga oşiriladi.
Özbekistonning sönggi yillardagi eng yaxşi natijasi
Özbekiston CCPI reytingiga ilk bor 2024-yilda kiritilib, 48-örinni egallagan. 2025-yilda mamlakat 54-örinda, 2026-yilda esa 53-örinda qayd etilgan.
CCPI 2027 natijalariga köra, Özbekiston 43-öringa kötarilib, reytingda iştirok etgan butun davr mobaynida öz pozitsiyasini eng yuqori darajada yaxşilagan.
Şunday qilib, sönggi bir yil davomida mamlakat birdaniga 10 poğonaga yuqoriladi, reytingdagi dastlabki natijasi bilan taqqoslaganda esa öz pozitsiyasini 5 poğonaga yaxşiladi.
Iqlim sohasidagi islohotlarning xalqaro e’tirofi
Özbekistonning reytingdagi pozitsiyasi yaxşilangani atrof-muhitni muhofaza qiliş, energetikaga ötiş va issiqxona gazlari taşlamalarini qisqartiriş sohalarida keng kölamli islohotlarning izçil amalga oşirilayotgani fonida qayd etilmoqda.
Sönggi yillarda mamlakatda davlat iqlim siyosatining yangi qonunçilik va institutsional asoslari şakllantirildi. Yangilangan Milliy darajada belgilanadigan hissa (NDC 3.0) doirasida Özbekiston iqlim böyiça majburiyatlarini kuçaytirib, 2035-yilga qadar yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan issiqxona gazlari taşlamalarini 2010-yil darajasiga nisbatan 50 foizga qisqartiriş maqsadini belgiladi.
Şu bilan birga, qayta tiklanuvçi energetika jadal sur’atlarda rivojlantirilmoqda, quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda, energiya tejovçi texnologiyalar va iqlimiy moliyalaştirişning zamonaviy mexanizmlari joriy etilmoqda. Metan taşlamalarini qisqartiriş, sanoat va energetika sohalarida energiya samaradorligini oşiriş, şuningdek, issiqxona gazlari taşlamalarini monitoring qiliş, hisobot yuritiş va verifikatsiyadan ötkazişning milliy tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Özbekistonning CCPI 2027 reytingidagi pozitsiyasining yaxşilanişi mamlakatda amalga oşirilayotgan iqlim sohasidagi özgarişlarning ijobiy dinamikasini aks ettiruvçi muhim xalqaro körsatkiçdir. Şu bilan birga, davlat iqlim siyosatining asosiy maqsadi xalqaro reytingdagi örin emas, balki taşlamalarni qisqartiriş, barqaror iqtisodiy rivojlanişni ta’minlaş va aholi hayot sifatini oşiriş böyiça aniq hamda ölçanadigan natijalarga erişişdan iborat.
Özbekiston milliy iqlim majburiyatlarini izçil amalga oşiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va past uglerodli rivojlanişga investitsiyalarni jalb etişni davom ettiradi.
Ma’lumot uçun, "Climate Change Performance Index" (CCPI) — "Germanwatch" va "NewClimate Institute" tomonidan xalqaro hamkorlar bilan birgalikda har yili e’lon qilinadigan xalqaro reyting. Unda mamlakatlarning iqlim siyosati samaradorligi hamda issiqxona gazlari taşlamalarini qisqartiriş, qayta tiklanuvçi energetika va energiya iste’moli sohalaridagi körsatkiçlari dinamikasi baholanadi.





