Özbekiston va GGGI yaşil investitsiyalar hamda uglerod loyihalari sohasidagi hamkorlikni faollaştirmoqda
2026-11-13 17:05:00 / Yangiliklar

Uçraşuvda hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari, xususan, yaşil investitsiyalarni jalb qiliş, iqlim loyihalarini moliyalaştirişga tayyorlaş hamda Parij bitimining 6-moddasi doirasida dastlabki uglerod birliklari savdosi bitimlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Özbekiston GGGIga qöşilgan MDH davlatlari orasida birinçi mamlakat böldi. Şuningdek, Institutning Markaziy Osiyodagi ilk vakolatxonasi Toşkent şahrida oçildi. GGGI tomonidan Orolböyi hududini ekologik tiklaş, strategik ekologik baholaşni joriy etiş hamda “Özbekiston uçun toza vodorod” loyihasini amalga oşiriş borasida körsatilayotgan kömak uçun minnatdorlik bildirildi. Şuningdek, Parij bitimini amalga oşiriş va uning 6-moddasini qöllaşni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan KOICAning 2026–2030-yillarga möljallangan yangi dasturi alohida qayd etildi.
Özbekiston va GGGI örtasidagi 2024–2028-yillarga möljallangan mamlakatlararo hamkorlik dasturi doirasida tomonlar uçta ustuvor yönaliş – barqaror örmon xöjaligi, iqlimga moslaşuvçan qişloq xöjaligi va yaşil quriliş böyiça qöşma investitsiya loyihalari portfelini şakllantiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar. Uşbu taşabbuslarni milliy investitsiya dasturi, şuningdek, “Yaşil makon” va “Biomeros” loyihalari bilan uyğunlaştiriş nazarda tutilmoqda.
Orolböyi hududidagi örmon loyihalari asosida dastlabki uglerod birliklarini şakllantiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, Orol dengizining qurigan tubida bugungi kunga qadar 2 million gektardan ortiq himoya örmonzorlar barpo etilgan. Ularning uglerodni yutiş salohiyatidan Parij bitimining 6-moddasi mexanizmlari orqali qöşimça moliyalaştiriş mablağlarini jalb qilişda foydalaniş rejalaştirilmoqda.
Şu munosabat bilan sun’iy yöldoş ma’lumotlari va sun’iy intellektdan foydalangan holda monitoring, hisobot beriş va verifikatsiya (MRV) metodologiyasini işlab çiqiş, Özbekiston va Koreya hamkorligi doirasida ilk uglerod bitimini tuziş, şuningdek, "Carbon Transaction Facility" platformasi orqali koreyalik xaridorlarni jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida 2027-yilning birinçi çoragi oxirigaça ustuvor investitsiya loyihalari röyxatini aniqlaş va örmon uglerod birliklari böyiça dastlabki bitimni tayyorlaş yuzasidan harakatlar rejasini kelişib oliş taklif etildi.
Tomonlar Özbekistonning iqlim va ekologiya sohasidagi maqsadlariga erişişga qaratilgan qöşma taşabbuslarni amaliyotga tatbiq etiş hamda hamkorlikni yanada mustahkamlaşdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.




