Asosiy kontentga o'tish

Noqonuniy qum-shag’al qazigan huquqbuzar 11 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

2024-10-18 14:30:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.

Mazkur reyd davomida Namangan tumanida fuqaro Q.F. Sirdaryo o‘zanidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qum-shag‘al qazib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berayotgani aniqlandi. 

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi prim 1-qismiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari — 11 million 250 ming so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Ma'lumot uchun, respublikamiz bo‘ylab noqonuniy qum-shag‘al qazib olishga qarshi reyd tadbirlari doimiy tarzda davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qat'iy qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

837

Oxirgi yangilanish: 2024-10-18 14:28:03

Noqonuniy qum-shag’al qazigan huquqbuzar 11 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi