Sayğoqlarni muhofaza qilishga doir hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-11-12 14:40:00 / Yangiliklar

Hujjatni Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi A. Abduhakimov hamda Qozoğiston Respublikasi ekologiya va tabiiy resurslar vaziri A. Kuantirov imzoladi.
Memorandum mintaqa uçun muhim ekologik, ilmiy va tabiatni muhofaza qiliş ahamiyatiga ega bölgan sayğoq (Saiga tatarica) populyatsiyasini saqlaş va barqaror tiklaş borasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Tomonlar bir qator ustuvor yönalişlarda hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldilar. Jumladan, sayğoqlar soni va migratsiyasini birgalikda monitoring qiliş, ilmiy-texnik ma’lumotlar va ilğor tajriba almaşiş, tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş, şuningdek, brakonyerlik va noqonuniy savdoga qarşi kuraş çoralarini kuçaytiriş közda tutilgan.
Şuningdek, sayğoqlarning tabiiy yaşaş muhitini saqlaş va tiklaş, transçegaraviy muhofaza etiladigan hududlar hamda migratsiya yölaklarini rivojlantiriş, tabiiy yaylovlar va suv havzalarini qayta tiklaşga alohida e’tibor qaratiladi.
Bundan taşqari, sayğoqlarni ilgari yaşagan hududlariga qaytariş dasturlarini işlab çiqiş, dala tadqiqotlarini ötkaziş, populyatsiyalar holatini monitoring qiliş hamda öquv tadbirlarini taşkil etiş böyiça hamkorlikdagi işlar amalga oşiriladi.
Erişilgan kelişuvlarning hayotga tatbiq etilişi ikki mamlakatning ilmiy va amaliy salohiyatini birlaştiriş, tabiatni muhofaza qiliş çoralarini yanada samarali muvofiqlaştiriş hamda Markaziy Osiyo biologik xilma-xilligini saqlaşga munosib hissa qöşiş imkonini beradi.


