Çiqindilarni kamaytirişga qaratilgan “Nol çiqindi” (Zero Waste) Global alyansi taşkil etildi
2026-11-12 11:10:00 / Yangiliklar

Pavilyonga taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ekologik loyihalar va taşabbuslar, jumladan, “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi bilan tanişdi. Loyiha iştirokçilari ekologik ta’limning barça bosqiçlarini qamrab oluvçi uzluksiz tizimni taqdim etdilar. U maktabgaça va boşlanğiç ta’lim uçun LEAF, umumta’lim maktablari uçun Eco-Schools, oliy va örta maxsus ta’lim muassasalari uçun esa Eco-Campus dasturlarini öz içiga oladi.
Şuningdek, COP31 doirasida davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlaştiruvçi “Nol çiqindi” (Zero Waste) Global alyansi taşkil etilgani e’lon qilindi.
Yuqori darajadagi uçraşuvda sözga çiqqan Ziroat Mirziyoyeva taşabbus uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdoğanga minnatdorlik bildirdi va “Nol çiqindi” ğoyasini xalqaro miqyosda ilgari surişdagi şaxsiy hissasini e’tirof etdi. Özbekiston Birinçi xonimi Alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantiriş, yoşlar ekologik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va ularni amaliyotga joriy etiş böyiça qator takliflarni ilgari surdi.





