Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Iqlim integratsiyasi modelini yaratiş taşabbusini ilgari surdi
2026-11-12 00:40:00 / Yangiliklar

Sammitda dunyoning 90 dan ortiq davlati rahbarlari va hukumat boşliqlari, yetakçi xalqaro taşkilotlar hamda moliya institutlari rahbarlari iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida Özbekistonning iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça global sa’y-harakatlarga sodiqligini ta’kidlab, mamlakat tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va “yaşil” texnologiyalarni joriy etişga asoslangan yangi taraqqiyot modelini şakllantirayotganini qayd etdi.
Özbekiston iqlim siyosatining asosiy ustuvor yönalişlari parnik gazlari taşlamalarini qisqartiriş, qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş va ekotizimlarni tiklaşdan iborat.
Prezident ta’kidlaganidek, Özbekiston yalpi içki mahsulot birligiga nisbatan parnik gazlari taşlamalarini 35 foizga kamaytiriş böyiça belgilangan maqsadga muddatidan oldin erişdi. Şu bilan birga, 2035-yilga qadar uşbu körsatkiçni 50 foizga qisqartiriş böyiça yangi maqsad belgilandi. Qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantirişga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Tört yildan söng mamlakatda elektr energiyasi işlab çiqarişda qayta tiklanuvçi manbalar uluşi 54 foizga yetkaziladi.
Davlatimiz rahbari suv xavfsizligi masalalariga ham alohida töxtaldi. Şavkat Mirziyoyev sönggi ön yilda iqtisodiyotning suv siğimi qariyb ikki barobarga, suv oliş hajmi esa beşdan bir qismga qisqarganini ta’kidladi. Suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar suğoriladigan yerlarning 60 foizdan ortiğini qamrab oldi.
Şuningdek, davlatimiz rahbari kelgusi yildan Özbekiston Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislikni qabul qilişini ma’lum qildi. Mamlakat transçegaraviy havzalarni boşqariş sohasidagi uşbu mas’uliyatli vazifani eng yuqori darajada bajariş niyatida. Boşqa ustuvor yönalişlar qatorida degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş, örmonzorlar maydonini kengaytiriş va çiqindilar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş belgilandi. Xususan, mamlakatda örmonzorlar maydoni 6 million gektarga kengaytirilgan bölib, uning uçdan bir qismi Orolböyi hududiga töğri keladi. Çiqindilar bilan işlaş strategiyasi doirasida 3 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb etiş közda tutilgan.
Davlatimiz rahbari ekologik ta’lim va yoş avlod tarbiyasi masalalariga ham alohida töxtaldi.
“Siyosatimizning markazida yoş avlodga ğamxörlik qiliş masalasi turibdi. Xalqimizda “Daraxtdan hosil olmoqçi bölsang, niholligidan parvariş qil”, degan maqol bor. Şu bois mamlakatimizda bolalarning ekologik tarbiyasi oila, mahalla va maktabdan boşlanadi. Bolalikdan suvni tejaş, daraxtlarni parvariş qiliş, umumiy makon tozaligiga e’tiborli bölişga örgatamiz”, — dedi Prezident.
Şavkat Mirziyoyev mamlakat aholisining har beşinçisini maktab öquvçisi yoki talaba taşkil etişini ta’kidladi. Tizimli yondaşuv natijasida 2050-yilga qadar Özbekiston aholisining törtdan uç qismi tabiatga yönaltirilgan ta’lim bilan qamrab olinadi.
Nutqda mintaqaviy iqlim kun tartibiga ham alohida örin berildi. Prezidentning ta’kidlaşiça, heç bir mamlakat iqlim muammolarini mustaqil ravişda hal eta olmaydi. Markaziy Osiyoda muzliklarning erişi, suv resurslari tanqisligi va ekstremal qurğoqçilik bilan boğliq xavf-xatarlar kuçayib bormoqda. Uşbu umumiy muammolar mintaqadagi davlatlar sa’y-harakatlarini birlaştirişni taqozo etmoqda.
Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taşabbusini ilgari surib, hamkorlikni uçta asosiy yönalişda yölga qöyişni taklif etdi.



