Turkiya vitse-prezidenti: "Özbekiston barqaror rivojlaniş yölidan jadal bormoqda"
2026-11-11 17:00:00 / Yangiliklar

"Pavilyon Özbekiston qadriyatlari va qaraşlarini özida aks ettirganligi bilan ahamiyatli. Bundan taşqari, bu yerda bir qator qiziqarli tadbirlar ötkazilmoqda. Biz ham bularning barçasini öz közimiz bilan körişga muvaffaq böldik", — dedi Javdat Yilmaz.
Vitse-prezident, şuningdek, Özbekiston barqaror rivojlaniş yölidan jadal borayotganligi, bu jarayon COP31 konferensiyasida yana bir bor öz aksini topganligini ta'kidladi.
Ta'kidlaş joizki, Özbekiston milliy pavilyoni konferensiyada milliy iqlim taşabbuslarini tarğib qiliş, tajriba almaşiş va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim maydonga aylandi. Pavilyon “Uzumzor — ötmiş merosi, bugunning yeçimi va kelajak ilhomi” konsepsiyasi asosida bezatilgan. Uning me’moriy qiyofasi inson va tabiat uyğunligi, tabiiy soya va salqinlikni ifodalaydi. Pavilyonda milliy an’analar zamonaviy ekologik va multimedia yeçimlari bilan uyğunlaştirilgan.
Ekspozitsiyada mamlakatning ekologik va iqlim siyosatidagi asosiy yönalişlar, jumladan, “Yaşil makon”, “Toza havo”, "Çiqindidan xoli hudud”, “Biomeros”, “Ekologik madaniyat” loyihalari, “Green University” faoliyati hamda Özbekistonning iqlim sohasidagi taşabbuslari namoyiş etilmoqda.
