Özbekistonda ilk sun’iy muzlik: qişdagi suv zaxirasi — ertangi kun farovonligi uçun!
2026-11-11 16:15:00 / Yangiliklar

Ta’kidlaş joizki, iqlim özgarişi, haroratning kötarilişi, muzliklarning erişi va yoğingarçilik rejimining özgarişi Markaziy Osiyoda, xususan, Özbekistonda suv resurslarini asraş masalasini tobora dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Prognozlarga köra, 2050-yilga borib suv bilan ta’minlanganlik darajasi 30–40 foizga kamayişi, suğoriş suviga bölgan talab esa 25 foizga oşişi mumkin. Hisob-kitoblarga köra, suv tanqisligi hajmi 2015-yildagi qariyb 3 milliard kub metrdan 2030-yilda 7 milliard kub metrga, 2050-yilga borib esa 15 milliard kub metrgaça yetişi ehtimoli bor.
Şu maqsadda Ekologiya qömitasi FAO bilan hamkorlikda Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasini joriy etdi. Mazkur taşabbus Global ekologik jamğarma (GEF) tomonidan moliyalaştirilayotgan “Özbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalaniş va tiklaş ta’siri dasturi” (FOLUR) doirasida FAOning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oşirilmoqda.
Ma'lumot uçun, "FOLUR–Özbekiston" loyihasi doirasida Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumani Sarçaşma hududida mamlakatimizdagi ilk sun’iy muzlik tajriba tariqasida barpo etildi. 2026-yil 9-yanvarda işga tuşirilgan mazkur tizim tabiiy balandlik farqi va suv bosimidan foydalanib, elektr nasoslarisiz ishlaydi. Dastlabki tajriba davomida taxminan 800 kub metr muz zaxirasi şakllantirildi. Muzlikning erişi natijasida hosil bölgan suvdan mahalliy aholining qariyb 60 ta xonadoni foydalandi. Uşbu tajriba toğli hududlarda qiş mavsumidagi suvni muz şaklida saqlaş va suvga ehtiyoj ortgan davrda undan foydalaniş imkoniyatlarini namoyiş etdi.
“Ice Stupa” sun’iy muzliklarini yaratiş texnologiyasi qiş mavsumida mavjud suv manbalaridan foydalanib, suvni maxsus quvurlar orqali yuqoriga purkaş va sovuq havo ta’sirida muz şaklida töplaş tamoyiliga asoslangan. Natijada ulkan muz inşooti hosil böladi. Töplangan suv bahor va yoz oylarida, suvga ehtiyoj ortgan davrda erib, undan foydalaniş imkonini beradi.
Uşbu innovatsion yeçim qiş mavsumidagi suvni muz şaklida zaxiralaş, qurğoqçil toğli hududlarda suv ta’minotini yaxşilaş, qişloq xöjaligi va mahalliy aholi ehtiyojlari uçun qöşimça suv manbaini şakllantiriş, iqlim özgarişi va qurğoqçilik oqibatlariga moslaşiş va mahalliy hamjamiyatlarning barqarorligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Sun’iy muzlik texnologiyasi tabiatning tabiiy imkoniyatlaridan foydalanişga asoslangan yeçim bölib, suv resurslarini boşqarişda yangi imkoniyatlar yaratadi.
