Ekologik barqarorlik soğlom turmuş tarziga bevosita boğliq ekanligi tarğib qilindi
2026-11-11 15:40:00 / Yangiliklar
Tadbirda Sport vaziri örinbosari Avaz Karimov, Ekologiya qömitasi raisi maslahatçisi Alişer Salomov va Xalqaro sport klublari assotsiatsiyasi prezidenti Zarrina Abdullayeva nutq sözlab, ekologik barqarorlik bevosita soğlom turmuş tarziga boğliq ekanligini, yoşlar, jumladan, xotin-qizlar örtasida sportni tarğib qiliş muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidlaşdi. Şuningdek, mazkur musobaqa mahalliy va xorijiy davlatlar yoşlari örtasida özaro döstlikni yanada mustahkamlaşga hissa qöşişi qayd etildi.
Turnirda mahalliy sportçilar bilan bir qatorda 6 dan ortiq xorijiy davlatdan 250 nafarga yaqin sportçilar iştirok etdi. Musobaqalar xalqaro badiiy gimnastika taşkilotining amaldagi qoidalari asosida yakkalik va jamoaviy dasturlar böyiça taşkil etildi. Iştirokçilar özlarining texnik tayyorgarligi, ijodiy yondaşuvi, jismoniy imkoniyatlari va ijro mahoratini namoyiş etiş imkoniyatiga ega böldilar.
Yakunda yoşlar örtasidagi bahslarda 1-örinni Safina Yandaşeva (2014-yil) va Hurijahon Şavkatova (2016-yil) egalladi. Kattalar örtasida esa Nikitina Veronika 1-örin, Anastasiya Telejkina 2-örin, Sofiya Oşepkova 3-örinni egalladi.
Mazkur xalqaro sport tadbiri turli mamlakatlar sportçilari örtasida özaro tajriba almaşiş, sport mahoratini namoyiş etiş, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ekologik barqarorlik soğlom turmuş tarziga bevosita boğliq ekanligini tarğib qilişga xizmat qiladi.
