Iqlim migratsiyasi böyiça “Ipak yöli” mintaqaviy deklaratsiyasi imzolandi
2026-11-10 22:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi – Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov, Ozarbayjon, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiz Respublikasi, Tojikiston va Turkmaniston vazirlari hamda yuqori martabali vakillari, XMTning iqlim masalalari böyiça direktori (Director of Climate Action) Rania Şarsar, şuningdek, xalqaro taşkilotlar va rivojlaniş böyiça hamkorlar vakillari iştirok etdilar.
Iştirokçilar asosiy e’tiborni iqlim özgarişining aholi mobilligi, tirikçilik manbalari va mahalliy hamjamiyatlar barqarorligiga tobora ortib borayotgan ta’siriga qaratdi. Haroratning kötarilişi, muzliklarning erişi, suv resurslari tanqisligi, çöllaniş, yerlarning degradatsiyasi va ekstremal ob-havo hodisalarining köpayişi Markaziy Osiyo hamda Janubiy Kavkaz aholisi uçun qöşimça xavflarni yuzaga keltirmoqda. Uşbu jarayonlar aholining majburiy köçişiga, migratsiya oqimlarining özgarişiga va aholini qabul qiluvçi hududlar zimmasidagi yukning ortişiga olib kelişi mumkin.
Öz nutqida Aziz Abduhakimov iqlim özgarişi nafaqat ekologik muammo, balki insonlar hayoti, farovonligi, iqtisodiy imkoniyatlari va mobilligiga bevosita ta’sir körsatuvçi omil ekanini ta’kidladi.
Özbekiston tajribasiga, xususan, Orol dengizi ekologik halokatining oqibatlariga alohida e’tibor qaratildi. Uşbu hudud atrof-muhit degradatsiyasi butun boşli jamoalarning salomatligi, daromad manbalari, iqtisodiy imkoniyatlari va farovonligiga qanday ta’sir körsatişini yaqqol namoyon etadi.
Ta’kidlanganidek, iqlim barqarorligini oşiriş nafaqat ekologik muammolarni hal etiş, balki barqaror tirikçilik manbalariga investitsiyalar kiritiş, suv resurslarini boşqarişni takomillaştiriş, ekotizimlarni tiklaş va ijtimoiy himoya mexanizmlarini rivojlantirişni ham talab etadi.
Şuningdek, insonlarning öz hamjamiyatlarida yaşaş va rivojlaniş imkoniyatlarini saqlab qoliş, köçiş zarurati yuzaga kelgan hollarda esa bu jarayonning xavfsiz, tartibli va inson qadr-qimmatiga hurmat asosida amalga oşirilişini ta’minlaş muhimligi qayd etildi.
Tadbirning asosiy voqeasi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari tomonidan iqlim özgarişi şaroitida aholi mobilligi böyiça “Ipak yöli” deklaratsiyasining rasman imzolanişi böldi. Hujjat iqlim özgarişi bilan boğliq migratsiya va aholi köçişi masalalarida mintaqaviy muloqot hamda sa’y-harakatlar muvofiqligini mustahkamlaş, zaif qatlamdagi hamjamiyatlar barqarorligini oşiriş, şuningdek, har bir mamlakatning milliy ustuvor yönalişlari va rivojlaniş xususiyatlarini hisobga olgan holda iqlim özgarişi oqibatlariga javob qaytariş böyiça qöşma yondaşuvlarni işlab çiqişga qaratilgan.
Imzolaş marosimida mintaqa davlatlari, jumladan, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi masalalariga mas’ul vazirlar iştirok etdi.
Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surilgan Iqlim mobilligi sohasida xalqaro hamkorlikning global asoslarini işlab çiqiş (Global Framework of Cooperation on Climate Mobility) taşabbusiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etilganidek, “Ipak yöli” mintaqaviy deklaratsiyasi uşbu taşabbusni yanada ilgari surişga amaliy hissa qöşişi, tajriba almaşiş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda aholi mobilligi masalalarini milliy iqlimga moslaşiş rejalari, tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş va barqaror rivojlaniş strategiyalariga integratsiya qilişga xizmat qilişi mumkin.
Deklaratsiyaning imzolanişi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari örtasidagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş yölidagi muhim bosqiç böldi.






