Samarqandda huquqbuzar inspektorlarga qarşilik körsatib, xodimning maşinasiga şikast yetkazdi
2026-11-10 15:45:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Iştixon tumani "Kötarma" MFY hududidan oqib ötuvçi Oqdaryo daryosi özanida ekskavator yordamida qum-şağal aralaşmasi noqonuniy qazib olinib, yuk avtotransport vositasiga yuklanayotgani aniqlandi va huquqbuzarlik töxtatildi. Biroq yuk maşinasi haydovçisi qonuniy talabga böysunmay, xodimlarga keskin qarşilik körsatdi. U qum-şağal aralaşmasini tökib, ekskavator haydovçisining voqea joyidan qoçib ketişiga şaroit yaratdi.
Bundan taşqari, huquqbuzar xodimlarning hayotiga xavf solib, yuk avtomobili bilan xodimlardan birining avtomaşinasiga zarar yetkazdi. Holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda. Töplangan materiallar huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilmoqda.
Ekologiya qömitasi tabiiy resurslardan qonunga xilof ravişda foydalaniş, daryo özanlariga zarar yetkaziş hamda nazorat tadbirlariga tösqinlik qiliş holatlariga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar körilişini ma’lum qiladi.
