COP31 doirasida Özbekistonning iqlimga çidamli qişloq xöjaligini rivojlantiriş tajribasi taqdim etildi
2026-11-10 14:30:00 / Yangiliklar

“Barqaror yer resurslarini boşqariş orqali iqlimga çidamli qişloq xöjaligini kengaytiriş: FOLUR-Uzbekistan tajribasi” mavzusidagi tadbir BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) hamda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tomonidan "FOLUR-Uzbekistan" loyihasi doirasida taşkil etildi.
Tadbir davomida iştirokçilar iqlim özgarişi şaroitida Özbekiston qişloq xöjaligi duç kelayotgan dolzarb muammolar, jumladan, qurğoqçilik, suv resurslari taqçilligi, tuproq unumdorligining pasayişi va yerlarning degradatsiyasi masalalarini muhokama qildilar.
Uçraşuvda yer resurslarini barqaror boşqariş va resurslarni tejovçi dehqonçilik amaliyotlariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yondaşuvlar tuproqdagi namlikni saqlaş, yerlarning holatini yaxşilaş hamda qişloq xöjaligi işlab çiqarişining iqlim özgarişlariga çidamliligini oşirişga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida FAO, Qişloq xöjaligi vazirligi va milliy hamkorlar tomonidan amalga oşirilayotgan "FOLUR-Uzbekistan" loyihasi tajribasi taqdim etildi. Xususan, iştirokçilar töğridan-töğri ekiş (No-till) va tuproqqa minimal işlov beriş texnologiyalarini joriy etiş, qişloq xöjaligi ekinlarini diversifikatsiya qiliş, tuproq resurslarini boşqariş usullarini takomillaştiriş, şuningdek, fermerlar uçun namoyiş maydonlari, öquv maşğulotlari va amaliy seminarlar taşkil etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdilar.
Muhokamalarda fermer xöjaliklarini barqaror agrotexnologiyalarni qöllaşga jalb etiş, ekologik mas’uliyatli işlab çiqariş zanjirlarini rivojlantiriş, xususiy sektor bilan hamkorlikni mustahkamlaş hamda iqlimga çidamli qişloq xöjaligi amaliyotlarini kengaytiriş uçun investitsiyalar jalb etiş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, xalqaro hamkorlik istiqbollari, barqaror yer resurslaridan foydalaniş böyiça muvaffaqiyatli tajribalarni boşqa qişloq xöjaligi hududlarida ham joriy etiş va iqlim moliyalaştirişini jalb qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi.
"FOLUR-Uzbekistan" loyihasi doirasida taqdim etilgan tajriba qişloq xöjaligini iqlim özgarişlariga moslaştirişda zamonaviy dehqonçilik texnologiyalari, fermerlarning malakasini oşiriş, institutsional hamkorlik va barqaror işlab çiqariş zanjirlarini rivojlantirişni özida mujassam etgan kompleks yondaşuv muhim ahamiyatga ega ekanini körsatdi.




