Oroldagi sayg‘oqlar
2024-10-17 11:20:00 / Yangiliklar
Ma'lumot uchun, "Orolqum" milliy tabiat bog'i 2022-yil 4-martda Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanida tashkil qilingan. Hududda 20 turdan ortiq hayvonot dunyosi vakillari uchraydi, shulardan 4 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Sayg‘oqlar butunlay yo‘qolib ketish arafasida turgan juda noyob tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning II Ilovasiga kiritilgan. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan sayg‘oqlarni saqlab qolish, tiklash va barqaror foydalanish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi hamda sayg‘oqlarni saqlab qolish va ko‘paytirish bo‘yicha Hukumatlararo bitim imzolagan.
Sayg‘oqlarni muhofaza qilish uchun brakonyerlikka qarshi kurashni kuchaytirish, hududiy muhofazasini yaxshilash, chegara toʻsiqlari va neft-gaz sektori, yoʻl-transport infratuzilmasi taʼsirini kamaytirish, transchegaraviy hamkorlik hamda ularni asrab qolishga qaratilgan targʻibot ishlarini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.