Turkiyada BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi — COP31 öz işini boşladi
2026-11-09 16:15:00 / Yangiliklar

Özbekiston konferensiyada faol iştirok etib, Milliy pavilyonini taqdim etdi. Mazkur pavilyon milliy iqlim taşabbuslarini tarğib qiliş, tajriba almaşiş va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim maydonga aylandi.
Pavilyon “Uzumzor — ötmiş merosi, bugunning yeçimi va kelajak ilhomi” konsepsiyasi asosida bezatilgan. Uning me’moriy qiyofasi inson va tabiat uyğunligi, tabiiy soya va salqinlikni ifodalaydi. Pavilyonda milliy an’analar zamonaviy ekologik va multimedia yeçimlari bilan uyğunlaştirilgan.
Ekspozitsiyada mamlakatning ekologik va iqlim siyosatidagi asosiy yönalişlar, jumladan, “Yaşil makon”, “Toza havo”, Çiqindidan xoli hudud”, “Biomeros”, “Ekologik madaniyat” loyihalari, “Green University” faoliyati hamda Özbekistonning iqlim sohasidagi taşabbuslari namoyiş etilmoqda.
Özbekistonning konferensiyadagi iştiroki doirasida 40 dan ortiq mavzuli tadbirlar, şuningdek, xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş va birgalikdagi iqlim yeçimlarini ilgari surişga qaratilgan qator ikki tomonlama hamda köp tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.









