Buxoroda qum-şağal aralaşmasi noqonuniy qazib olinganligi aniqlandi
2026-11-09 11:15:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan dron yordamida ötkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida Ğijduvon tumanida ekologik qonunbuziliş holati foş etildi.

Reyd davomida «Kökça» MFY hududidagi yaylov yer maydonidan huquqbuzar B.Ğ. öziga tegişli bölmagan hududda noqonuniy ravişda qum-şağal aralaşmasini qazib olganligi aniqlandi.
Mutaxassislar tomonidan örganiş va hisob-kitob işlari olib borilişi natijasida tabiatga 8,9 milliard söm miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi.
Holat yuzasidan töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va qonuniy çora köriş maqsadida Buxoro viloyati prokuraturasiga yuborildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
