Asosiy kontentga o'tish

Koreya Respublikasi korporatsiyasi Jizzaxda chiqindini qayta ishlash zavodini quradi

2024-10-15 19:05:00 / Yangiliklar

7–11-oktabr kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri oʻrinbosari Iskandar Qutbiddinov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Seul shahrida bo‘ldi.

Xizmat safari davomida bir qancha kompaniyalar bilan chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi. Shuningdek, chiqindilarni yoqish orqali “yashil” energiya oladigan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Qolaversa, Koreya eksport va import banki vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

Bundan tashqari, I. Qutbiddinov Koreya Atrof-muhit vazirligi huzuridagi Koreya atrof-muhit korporatsiyasi (K-eco) raisi B. An bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ekologik xavfsizlik borasida tajriba almashish boʻyicha kelishuvga erishildi. Yakunda Jizzax viloyatida barqaror chiqindilarni qayta ishlash zavodini qurish boʻyicha umumiy qiymati 6,2 mln dollarga teng boʻlgan 4 yillik grant loyiha bitimi imzolandi.

Maʼlumot uchun, loyiha doirasida poligonni rekultivatsiya qilish, 300 000 m3 chiqindini bir joyga toʻplash, tuproq bilan qoplash hamda chiqindixona gazini yigʻish va piroliz usuli orqali yoqish, elektr energiya ishlab chiqarish uskunalarini  (elektrogenerator) oʻrnatish belgilangan.

1143

Oxirgi yangilanish: 2024-10-16 09:54:57

Koreya Respublikasi korporatsiyasi Jizzaxda chiqindini qayta ishlash zavodini quradi