Toşkentda meteorologik omillar tufayli havo sifati özgaradi
2026-11-06 19:15:00 / Yangiliklar
Tunda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklab, mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan atmosfera taşlamalari hamda PM zarraçalarining tarqalişini susaytirişi mumkin. Şuningdek, ğarbdan kirib kelayotgan havo massalarining tez harakatlanişi ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişiga sabab böladi.
7-noyabr ertalab havo sifati Xalqaro AQI böyiça “örtaça” darajagaça yaxşilanişi kutilmoqda. Biroq keçki soatlarda kuçsiz şamol va noqulay meteorologik şaroit ta’sirida PM zarraçalari miqdori oşib, havo sifati “nosoğlom” darajagaça yetişi mumkin.
8-noyabr kuni havo sifati, asosan, “örtaça” va “sezgir guruhlar uçun nosoğlom”, 9-noyabr ertalab “örtaça” darajada bölişi prognoz qilinmoqda. Milliy indeks böyiça uşbu davrda havo sifati, asosan, “sariq”, qisqa muddatlarda “zarğaldoq”darajada bölişi mumkin. Kunduzgi soatlarda havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvining özgarişi hisobiga havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda.
Ma’lumot uçun, havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan reyd tadbirlari 24/7 rejimda davom ettirilmoqda. Jumladan, navbatdagi reydlar davomida Toşkent viloyati va Toşkent şahrida jami 95 ta obyekt faoliyati örganildi. Bugun poytaxtda havo sifati “yaşil” darajaga çiqdi. Umuman olganda, oktabr oyida ötgan yilning mos davriga nisbatan havo sifati yaxşilandi.
