Özbekistonning yangi Ekologik kodeksi takomillaştirilmoqda
2026-11-06 18:30:00 / Yangiliklar

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi va BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) hamkorligida Özbekistonning yangi Ekologik kodeksi loyihasini muhokama qilişga bağişlangan seminar ötkazildi. Unda Ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov, UNDPning Özbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, Jahon banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, IUCN, GIZ, Global yaşil ösiş instituti, davlat idoralari hamda xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Seminarda nutq sözlagan Iskandar Qutbiddinov Kodeks loyihasini işlab çiqişda xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalarini inobatga oliş muhimligini ta’kidladi. UNDPning Özbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii esa iqtisodiy ösiş va atrof-muhitni muhofaza qiliş özaro çambarças boğliq ekanini qayd etdi.
Ta'kidlaş joizki, yangi Kodeks amaldagi ekologik qonunçilikni yagona huquqiy tizimga birlaştiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qiliş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan. Şuningdek, hujjat Özbekistonning xalqaro ekologik majburiyatlarini bajariş hamda barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda muhim huquqiy asos bölib xizmat qiladi.
Muhokamalar davomida bioxilma-xillikni saqlaş, tabiiy ekotizimlarga salbiy ta’sirni kamaytiriş, yetkazilgan ekologik zararni qoplaş va tabiiy hududlarni tiklaş böyiça xalqaro amaliyotlar körib çiqildi, xalqaro taşkilotlar vakillari ham öz taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Ma'lumot uçun, UNDP tomonidan avval taqdim etilgan tavsiyalarning deyarli barçasi Kodeks loyihasida öz aksini topgan. Endilikda seminar davomida bildirilgan takliflar asosida Kodeks yanada takomillaştiriladi. Yangi Ekologik kodeksning qabul qilinişi Özbekistonda ekologik boşqaruvni zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş, tabiiy boyliklarni asrab-avaylaş va kelajak avlodlar uçun soğlom atrof-muhitni ta’minlaş yölidagi muhim qadamlardan biri böladi.
