Toşkentning 8 mahallasida sun’iy köllar taşkil etilmoqda
2026-11-06 16:30:00 / Yangiliklar
Toşkent şahrida atmosfera havosi sifatini yaxşilaş, ekologik muhitni soğlomlaştiriş va aholi uçun qulay mikroiqlim yaratiş maqsadida sun’iy köllar taşkil etiş işlari olib borilmoqda.
Mazkur taşabbus Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Toşkent şahar hokimligi tomonidan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF–46-sonli «Atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oşirilmoqda.
Loyiha doirasida şaharda suvli maydonlar va yaşil hududlarni köpaytiriş, çanglaniş darajasini kamaytiriş hamda ekologik infratuzilmani rivojlantiriş közda tutilgan. Jumladan, Çilonzor tumanidagi "Beşyoğoç", Sergeli tumanidagi "Xonobodtepa" va "Qumariq", Yunusobod tumanidagi "Boğiböston", Mirobod tumanidagi "Yuksaliş", Şayxontohur tumanidagi "Ipakçilik", Uçtepa tumanidagi "Qörğontepa" hamda Olmazor tumanidagi "Zamondoş" mahallalarida sun’iy köllar barpo etiladi.
Sun’iy köllarning taşkil etilişi şahar hududlarida suv va yaşil maydonlar uluşini oşiriş, mahalliy mikroiqlimni yaxşilaş hamda aholi uçun yanada qulay va soğlom ekologik muhit yaratişga xizmat qiladi.
