Toşkentda oktabr oyida havo sifati ötgan yilga nisbatan yaxşilandi
2026-11-05 17:25:00 / Yangiliklar

Natijalarga köra, oktabr oyida Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati ötgan yilning mos davriga nisbatan yaxşilandi. Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça oylik örtaça körsatkiç 138 dan 115 gaça, PM2.5 miqdori 19 foizga, PM10 miqdori 37 foizga kamaydi. Milliy standart böyiça “yaşil” kunlar soni 3 tadan 14 taga oşdi, “zarğaldoq” va “qizil” kunlar esa 16 tadan 4 taga kamaydi.
Oy davomida havo sifati bir xil bölmadi. Oktabrning dastlabki yigirma kunida körsatkiçlar ötgan yilga nisbatan ança yaxşi bölgan bölsa, 25–31-oktabr kunlarida havo sifati yomonlaşdi. Bu davrda haroratning pasayişi, kuçsiz şamol, tez-tez kuzatilgan harorat inversiyasi va yoğingarçilikning yetarli bölmagani ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini çekladi.
Kuçsiz şamol va harorat inversiyasi mahalliy hamda qöşni hududlarda şakllangan atmosfera taşlamalarining şahar va uning atrofida saqlanib qolişiga şaroit yaratdi. Natijada PM zarraçalarining tarqalişi sustlaşib, yer yuzasiga yaqin havo qatlamida uzoq muddat saqlandi.
PM2.5 tarkibi böyiça oktabr davomida olingan 60 ta namunaning laboratoriya tahlillari sanoat, transport va energetikadagi yoqilği yonişi bilan boğliq komponentlar örtaça 44,4%, tabiiy çang esa 42,6% uluşni taşkil etganini körsatdi. Oy oxirida havo sifati yomonlaşgan kunlarda ham uşbu miqdorlarda keskin özgarişlar kuzatilmadi.
Xulosa qilib aytganda, 2026-yil oktabr oyida Toşkent şahrida Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça ötgan yilning mos davriga nisbatan 16%ga yaxşilangani qayd etildi. Oy oxiridagi qisqa muddatli yomonlaşuvi, asosan, mahalliy va qöşni hududlardan şakllangan taşlamalarning kuçsiz şamol va noqulay meteorologik şaroit ta’sirida şahar ustida töplanib qolişi bilan boğliq böldi.
