Asosiy kontentga o'tish

Daraxt kesgan fuqaro 16 million so’mdan ortiq tovon to‘laydigan bo‘ldi

2024-10-14 14:00:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Romitan tumani "Afrosiyob" MFYda  fuqaro J.T. o’zi istiqomat qiladigan mahalla hududida 1 tup manzarali qayrag’och daraxtini oʻzboshimchalik bilan kesganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 7 million 500 ming so’m zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan  Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. J.T. bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari — 9 million 375 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. 

MJtKning 79-moddasi 1-qismiga ko‘ra, daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish fuqarolarga BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Huquqbuzar qilmishi uchun jami 16 million 875 ming so‘m miqdorida tovon to‘laydigan bo‘ldi.

884

Oxirgi yangilanish: 2024-10-14 12:29:39

Daraxt kesgan fuqaro 16 million so’mdan ortiq tovon to‘laydigan bo‘ldi