Suv ichayotgan yirtqich qush fotoqopqonda
2024-10-14 12:05:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo’riqxonasida o’rnatilgan fotoqopqonga suv ichayotgan oq boshli qumoy muhrlandi.
Ma'lumot uchun, "Surxon" davlat qo‘riqxonasi 1986-yil 8-sentabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tashkil etilgan. Hududda 194 tur hayvon uchraydi, shulardan 25 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Jumladan, oq boshli qumoy ham zaifga yaqin, o‘troq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur sifatida Qizil kitob, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning II ilovasidan joy olgan.
Oq boshli qumoy tik qoyalarda guruh yoki koloniya (2-20 juft) boʻlib uyalaydi. Fevral-martda 1 ta tuxum qoʻyadi va 53 kun bosib yotadi. Polaponlari avgustdan ucha boshlaydi. Nomuntazam koʻchib turadi.