Havo sifatini yaxşilaş maqsadida 700 dan ortiq obyekt faoliyati örganildi
2026-11-04 14:45:00 / Yangiliklar

Bugunga qadar jami 722 ta obyekt, jumladan, 602 ta issiqxona, 56 ta sanoat va işlab çiqariş korxonasi, 26 ta quriliş hamda 38 ta boşqa obyektlar örganildi. Aniqlangan qonunbuzilişlar böyiça 516 ta holatda jami 286 mln söm ma’muriy jarima qöllanildi. Şuningdek, 3 ta obyekt, jumladan, 2 ta issiqxona va 1 ta quriliş obyektining faoliyati töxtatildi.
Issiqxonalarda ötkazilgan reydlarda kömir yoqişda filtrlardan talab darajasida foydalanmaslik va ösimlik qoldiqlarini yoqiş holatlari aniqlandi. Xususan, Toşkent tumanidagi «E.» va «M.I.A.» korxonalarida nosoz filtrlar bilan kömir yoqilgani, fuqaro M. M.ga tegişli issiqxonada esa filtrsiz kömir yoqilgani ma’lum böldi. Mazkur issiqxona faoliyati töxtatildi. Mirzo Uluğbek va Sergeli tumanlarida ham ekologik talablarni buziş holatlari yuzasidan çoralar körildi. Barça issiqxona egalariga Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi 586-son qarori talablari tuşuntirilib, majburiy körsatma xatlari berildi.
Quriliş obyektlaridagi tekşiruvlar natijasida esa 9 mlrd 96 mln söm kompensatsiya tölovi hisoblandi. Şuningdek, «N.H.P» quriliş maydonida çangni bostiriş va ğildiraklarni yuviş moslamalari örnatilmaganligi, 87 289 kub metr tuproq tartibsiz joylaştirilgani aniqlandi. «B. S.» MÇJga çang kötarilişining oldini olmaganlik uçun ma’muriy jarima qöllanildi.
Hozirda reyd tadbirlari 24/7 rejimda davom ettirilmoqda.
