Toşkentdagi quriliş maydonida jiddiy ekologik qonunbuzarliklar aniqlandi
2026-11-04 12:15:00 / Yangiliklar

Örganiş davomida majmuada har bir bosqiç uçun Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan bölsa-da, xulosalarda belgilangan talablarning köpi bajarilmagani ma’lum böldi.
Xususan, quriliş maydonining kiriş-çiqiş yöllarida yuk maşinalari ğildiraklarini yuviş uçun blok-postlar umuman qurilmagan, natijada loy va tuproq “Jarqörğon” köçasi böylab 2–2,5 kilometr masofagaça yoyilib ketgan. Loy qurigaç, ötayotgan maşinalar uni maydalab, havoga kuçli çang kötarmoqda. Şuningdek, atmosfera havosini muhofaza qiliş çora-tadbirlari esa umuman işlab çiqilmagan.
Qolaversa, eski binolar buzilişidan hosil bölgan 126 188,9 tonna çiqindi va kotlovan qazişdan çiqqan 368 432 tonna tuproq qayerga olib ketilgani haqida korxona heç qanday hujjat taqdim eta olmadi. Mutaxassis ölçoviga köra, hududda 12 036 tonna qattiq maişiy va quriliş çiqindisi belgilanmagan joyda töplab qöyilgan. Çiqindilarni olib çiqiş va oqova suvlarni taşiş böyiça şartnomalar ham tuzilmagan.
Bundan taşqari, 51 tup daraxt ruxsatsiz, noqonuniy yöq qilingan. Korxona 50 tup arça va 1 tup çinorni kesiş uçun ariza bergan, biroq Toşkent şahar ekologiya boş boşqarmasi tomonidan ruxsat berilmagan. Şunga qaramay, tekşiruv vaqtida bu daraxtlar kesib taşlangani aniqlandi.
Korxona tomonidan ekspertiza talablari ham bajarilmagan. “Yaşil makon” dasturi böyiça hududning kamida 25 foizini kökalamzorlaştiriş, uglerod neytralligi rejasini işlab çiqiş va boşqa majburiyatlar ijro etilmagan.
Yuqorida qayd etilgan holatlar “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida”gi va “Çiqindilar töğrisida”gi qonunlar talablariga zid.
Korxonaga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik va çiqindilarni noqonuniy joylaştirganlik uçun 5 mlrd 183 mln 364 ming 476 söm kompensatsiya tölovi hisoblandi. Şu bilan birga, yöq qilingan daraxtlar uçun ösimlik dunyosiga yetkazilgan 396 mln söm zararni qoplaş belgilandi. Qolaversa, yöq qilingan har bir daraxt örniga 100 tupdan (jami 5100 tup köçat) kamida 3 yillik köçat ekiş va ularni 3 yil davomida parvariş qiliş majburiyati yuklatildi. Korxona rahbariga MJtKning 85¹-moddasi 1-qismi böyiça 4 mln 400 ming söm ma’muriy jarima qöllanildi.
Öz navbatida korxonaga çang kötarilişining oldini oliş va havoni muhofaza qiliş çoralarini darhol köriş, hududdagi çiqindilarni ölçab, olib çiqiş va qayta işlaşga topşiriş, “Ekologik oqibatlar töğrisidagi bayonot” loyihasini 10-dekabrgaça ekspertizadan ötkaziş va boşqa zarur körsatmalar berildi.
Hurmatli fuqarolar! Quriliş maydonlari atrofidagi çang, köçalarga yoyilgan loy, çiqindilarning tartibsiz taşlanişi yoki daraxtlarning noqonuniy kesilişini körsangiz, Ekologiya qömitasining 11-57 qisqa raqami yoki @ecogovuz_bot Telegram boti orqali (foto yoki video bilan birga) bizga xabar bering.


