Brifing: ösimlik qoldiqlarini yoqiş javobgarlikka sabab böladi
2026-11-03 18:00:00 / Yangiliklar

Kuz faslida köça, xiyobon, tomorqa va dala maydonlarida töplanadigan barg-xazon, şox-şabba hamda boşqa ösimlik qoldiqlarini oçiq maydonlarda yoqiş atmosfera havosiga is gazi, azot oksidlari, mayda dispers zarraçalar va boşqa zararli moddalar tarqalişiga sabab böladi. Bu esa havo sifatining yomonlaşuvi va aholi salomatligiga salbiy ta’sir körsatadi. Ösimlik qoldiqlarini yoqiş örniga ularni belgilangan tartibda yiğiş, olib çiqiş yoki tuproq uçun tabiiy öğit sifatida işlatiş lozim.
Amaldagi qonunçilikka köra, anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimlik qoldiqlarini yoqiş orqali atmosfera havosini ifloslantiriş taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi uçinçi qismiga muvofiq, bunday huquqbuzarlik uçun fuqarolarga 1 mln 320 ming sömdan 2 mln 200 ming sömgaça, mansabdor şaxslarga esa 8 mln 800 ming sömdan 13 mln 200 ming sömgaça jarima belgilangan. Huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilsa, jarima miqdori yanada oşadi.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan bunday holatlarning oldini oliş yuzasidan kuçaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 2026-yilning ötgan davrida barg-xazon va ösimlik qoldiqlarini yoqiş bilan boğliq 4 100 dan ortiq holat aniqlanib, aybdorlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi. Şuningdek, “Özbekkosmos” agentligi bilan hamkorlikda kosmik monitoring orqali ğalladan böşagan maydonlarda somonpoya qoldiqlarini yoqiş bilan boğliq 915 ta holat aniqlanib, tegişli çoralar körildi. Yonğin sodir bölgan ekin maydonlariga yetkazilgan zarar ham qonunçilikda belgilangan tartibda hisoblanadi.
Muhim! Barçani barg-xazon va ösimlik qoldiqlarini yoqmaslikka, atmosfera havosini ifloslantirmaslikka çaqiramiz! Bunday holatlarga guvoh bölganlar Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining 1157 qisqa raqami yoki @ecogovuz_bot Telegram boti orqali murojaat qilişlari mumkin. Toza havo va soğlom atrof-muhitni asraş — barçamizning umumiy burçimiz!
