COP31: Özbekiston va BMT Taraqqiyot dasturi strategik iqlim hamkorligini mustahkamlamoqda
2026-11-03 11:40:00 / Yangiliklar

Tadbir Özbekiston Respublikasi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) örtasida iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, milliy iqlim majburiyatlarini amalga oşiriş, iqlim özgarişiga moslaşiş hamda barqarorlikni oşirişga qaratilgan loyihalarga investitsiyalar jalb etiş borasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlariga bağişlanadi.
Xususan, Parij bitimi doirasida Özbekistonning uçinçi Milliy miqyosda belgilanadigan hissasi (NDC 3.0)ni amaliyotga tatbiq etiş, institutsional salohiyatni mustahkamlaş, iqlim moliyalaştiriş mexanizmlarini rivojlantiriş hamda investitsiyalarni jalb qiliş uçun jozibador loyihalarni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri Özbekistonning Yöqotişlar va zararlarni qoplaş jamğarmasi (Fund for Responding to Loss and Damage — FRLD) bilan hamkorlik qiliş taşabbusini ilgari suriş böladi. Şuningdek, mamlakatning BMTTD kömagida amalga oşirilayotgan "Climate BRIDGE" taşabbusidagi dastlabki pilot davlatlardan biri sifatidagi iştiroki ham körib çiqiladi. Mazkur taşabbus NDC 3.0 doirasida belgilangan iqlim majburiyatlarini aniq investitsiya loyihalariga aylantiriş va tegişli loyihalar portfelini şakllantirişga kömaklaşişga qaratilgan.
Muhokamalarning yana bir muhim yönalişi iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça Milliy rejalarni işlab çiqiş, şuningdek, iqlim özgarişi ta’siriga eng zaif hududlar va aholi jamoalari, jumladan, Orolböyi mintaqasining barqarorligini oşiriş böyiça hamkorlikka bağişlanadi.
Tadbirda Özbekiston davlat organlari, BMTTD, xalqaro moliya institutlari, hamkor taşkilotlar hamda boşqa manfaatdor tomonlar vakillari iştirok etadi. Tematik sessiya doirasida Özbekiston va BMTTD örtasidagi strategik iqlim hamkorligining natijalari va ustuvor yönalişlari taqdim etiladi. Şuningdek, FRLD orqali moliyalaştiriş mablağlarini jalb etiş istiqbollari hamda Climate BRIDGE taşabbusining milliy iqlim ustuvorliklarini ilgari suriş va investitsiya loyihalarini tayyorlaşdagi imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Yakunda hamkorlikni yanada rivojlantiriş, iqlim moliyalaştiriş mablağlarini safarbar etiş va mamlakatning iqlim özgarişiga nisbatan barqarorligini oşirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş böyiça navbatdagi amaliy qadamlarni belgilaş közda tutilgan.
