Samarqandda iqlimga çidamli qişloq xöjaligini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi
2026-11-03 09:45:00 / Yangiliklar

Seminarda tuproq unumdorligini saqlaş, qişloq xöjaligining iqlim özgarişiga çidamliligini oşiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş hamda buğdoy yetiştirişda davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda nutq sözlagan Ekologiya qömitasi rais örinbosari Jusipbek Kazbekov qişloq xöjaligini rivojlantirişda suv va yer resurslaridan oqilona foydalaniş, tuproq degradatsiyasining oldini oliş hamda tabiiy ekotizimlarni tiklaşni nazarda tutuvçi kompleks yondaşuv muhimligini ta’kidladi.
Tadbir iştirokçilari özaro tajriba almaşib, qişloq xöjaligining iqlim özgarişiga çidamliligini oşiriş, tuproq resurslarini asraş va qişloq xöjaligi hududlarining ekologik holatini yaxşilaşga qaratilgan amaliy yeçimlarni muhokama qildilar.
Seminar yakunida FAO, Jahon banki va boşqa xalqaro hamkorlar bilan barqaror yerdan foydalaniş, ekotizimlarni tiklaş hamda ekologik xavfsiz qişloq xöjaligi amaliyotlarini joriy etiş yönalişlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga qiziqiş bildirildi.



