Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati yaxşilanişi kuzatilmoqda
2026-11-02 11:55:00 / Yangiliklar

Jumladan, 2-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati özgardi. Keçki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “nosoğlom”, soat 20:00 dan 23:00 gaça esa “juda nosoğlom” darajada kuzatildi. Tonggi muddatlarda havo sifati asta-sekin yaxşilanib, ertalab “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajaga tuşdi. Milliy havo sifati indeksi böyiça şahar örtaça körsatkiçi PM2.5 böyiça “zarğaldoq”, PM10 böyiça esa “qizil” darajada böldi.
Keçki va tungi vaqtda havo sifati yomonlaşişiga haroratning pasayişi, juda kuçsiz şamol, kuçli harorat inversiyasi hamda mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan atmosfera taşlamalarining şahar ustida turib qolişi ta’sir körsatdi. Tonggi muddatlarda şimoli-şarqdan kirib kelgan havo oqimlari natijasida havo sifati yaxşilandi.
Şuningdek, tungi vaqtda “Ekologik monitoring milliy markazi” mutaxassislari tomonidan Toşkent şahri va Toşkent viloyati Qibray tumanlarida atmosfera havosi holati böyiça instrumental ölçovlar ötkazildi.
Prognozlarga köra, bugun Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro AQI böyiça “nosoğlom”, milliy indeks böyiça esa “sariq” darajada bölişi kutilmoqda.


