Keçqurun meteorologik omillar tufayli havo sifati özgarişi mumkin
2026-11-01 18:10:00 / Yangiliklar
Xususan, 2-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati özgarişi mumkin. Prognozlarga köra, keçki, tungi va ertalabki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “nosoğlom”, milliy havo sifati indeksi böyiça esa “zarğaldoq” darajada bölişi kutilmoqda.
Tunda havo haroratining pasayişi, şamol tezligining sustligi hamda kuçli harorat inversiyasi şakllanişi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Natijada mahalliy manbalardan atmosferaga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar tarqalişi qiyinlaşib, PM2.5 va PM10 zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanişi uçun qulay şaroit yuzaga keladi.
Şuningdek, havo massalarining sönggi sutka davomida şahar atrofida sekin harakatlangani ham ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini çeklovçi omillardan biri hisoblanadi.
2-noyabr kuni ertalab, quyoş çiqqandan keyin havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvining yaxşilanişi natijasida havo sifati yaxşilanişi mumkin.
