Ertaga Toşkentda havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda
2026-10-31 19:55:00 / Yangiliklar
Xususan, 31-oktabrdan 1-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati yomonlaşişi mumkin.
Prognozlarga köra, keçki, tungi va ertalabki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “nosoğlom”, milliy havo sifati indeksi böyiça esa “zarğaldoq” darajada bölişi kutilmoqda.
Tunda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Uşbu şaroit mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan taşlamalarning tarqalişini susaytirib, PM zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib qolişiga şaroit yaratişi mumkin.
Kunduzi havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvi yaxşilanişi natijasida inversiya kuçsizlanib, havo sifati asta-sekin yaxşilanişi kutilmoqda.
