Toşkentda noqulay meteorologik şaroit davom etmoqda
2026-10-30 11:10:00 / Yangiliklar

Xususan, 29-oktabrdan 30-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida noqulay meteorologik şaroitlar ta’sirida havo sifati yomonlaşdi. Keçki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça, asosan, “sezgir guruhlar uçun nosoğlom”, yarim tundan keyin esa “nosoğlom” darajada kuzatildi. Ayrim kuzatuv nuqtalarida “juda nosoğlom” körsatkiçlar qayd etildi. Milliy havo sifati indeksi böyiça şahar örtaça körsatkiçi PM2.5 böyiça “sariq”, PM10 böyiça esa “zarğaldoq” darajada böldi.
Havo sifati yomonlaşişiga haroratning pasayişi, juda kuçsiz şamol va kuçli harorat inversiyasi sabab böldi. Uşbu şaroitlar atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklab, PM zarraçalari hamda mahalliy taşlamalarning yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib qolişiga şaroit yaratdi. Havo massalarining şahar atrofida uzoq vaqt saqlanib qolişi ham ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini çekladi.
Meteosat tasvirlariga köra, Toşkent şahri va uning atrofida sezilarli çang öçoqlari kuzatilmadi. Bu holatda havoning ifloslanişi asosan mahalliy manbalar va noqulay meteorologik şaroitlar ta’sirida şakllangan.
Şuningdek, «Ekologik monitoring milliy markazi» DM mutaxassislari tomonidan Yunusobod, Olmazor, Mirzo Uluğbek, Şayxontohur, Mirobod va Yangihayot tumanlarida atmosfera havosi holati böyiça instrumental ölçovlar ötkazildi. Kuzatuvlarda PM2.5 körsatkiçlari, asosan, “nosoğlom” toifaga mos keldi.
Prognozlarga köra, bugun, 30-oktabr kuni Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro AQI böyiça “nosoğlom”, milliy indeks böyiça esa, asosan, “sariq” darajada bölişi kutilmoqda.

