Toşkentda filtri nosoz bölgan issiqxona faoliyati töxtatildi
2026-10-29 23:50:00 / Yangiliklar
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) xodimlari tomonidan Toşkent şahrining Sergeli tumanida navbatdagi reyd tadbirlari ötkazildi.

Reyd davomida “Yuqori Darxon” mahallasi hududida tabiatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilik buzilişi aniqlandi. Xususan, issiqxonalardan birining qozonxonasida ekologik talablarga rioya qilmagan holda kömir yoqilayotganligi ma’lum böldi. Şu bilan birga, qozonxonaga örnatilgan filtr nosoz holatda bölib, bu atmosfera havosiga salbiy ta’sir körsatiş xavfini yuzaga keltirgan.
Aniqlangan qoidabuzarlik sababli filtr soz holatga keltirilgunga qadar issiqxona faoliyati vaqtinça töxtatildi. Mas’ul şaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddasiga muvofiq jarima qöllanildi.
Reyd tadbirlari tunu kun kuçaytirilgan tarzda davom ettirilmoqda.
