Havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar izçil davom ettirilmoqda
2026-10-29 18:00:00 / Yangiliklar

Natijada 2025-yilning tegişli davriga nisbatan 2026-yilda PM2,5 mayda dispers zarraçalari konsentratsiyasi 41,2 mkg/m³ dan 30,3 mkg/m³ gaça, ya’ni 26,5 foizga kamaydi. “Yaşil makon” taşabbusi doirasida 81 million tup daraxt ekildi, Orolböyi va boşqa çöl hududlarida 194 ming gektardan ortiq yaşil maydonlar barpo etildi hamda 47 favvora işga tuşirildi.
Şuningdek, sanoat korxonalarida ekologik talablarni kuçaytiriş doirasida 126 ta korxonadagi 330 ta çang-gaz tozalaş uskunasi modernizatsiya qilindi va 5 500 ta yengli filtr almaştirildi. Avtotransport vositalarining 2,2 milliondan ortiği ekologik stikerlar bilan ta’minlandi, “Avtomobilsiz kun” aksiyalari natijasida taşlamalar miqdori 10 tonnaga kamaytirildi. Şuningdek, 933 ta quriliş obyektida çangni suv yordamida bostiriş tizimlari örnatildi.
Issiqxonalarda ekologik talablarni ta’minlaş maqsadida Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda 9 900 ta issiqxona xatlovdan ötkazildi. 345 ta issiqxonada kömir yoqiladigan qozonlar demontaj qilinib, 154 ta qozon hududdan taşqariga olib çiqildi.
Kelgusida yaşil belboğlarni kengaytiriş, sanoat korxonalarini modernizatsiya qiliş, ekologik toza transportni rivojlantiriş, quriliş maydonlarida çangni bostiriş va issiqxonalarda ilğor yaşil texnologiyalarni joriy etiş işlari davom ettiriladi.

