Atmosferaga yuqori miqdorda çang-gaz çiqarayotgan korxona faoliyati töxtatildi
2026-10-29 11:10:00 / Yangiliklar

Xususan, Andijon viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan fuqarolarning ohak va ğişt işlab çiqariş korxonalaridan çiqayotgan tutun hamda çang sababli nafas oliş qiyinlaşayotgani yuzasidan bildirilgan murojaatlari asosida tegişli örganiş va nazorat tadbirlari olib borildi. Örganişlar davomida ohak va ğişt işlab çiqaruvçi korxonalar faoliyati nazoratga olinib, mas’ullarga atmosfera havosini muhofaza qiliş, belgilangan ekologik me’yorlarga rioya etiş hamda işlab çiqariş jarayonlarini amaldagi normativ talablar asosida taşkil etiş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi.
Şuningdek, korxonalarda örnatilgan çang va gaz tozalaş uskunalarining samaradorligi örganildi, laboratoriya tahlillari uçun namunalar olindi. Olingan namunalar belgilangan tartibda tekşiriladi hamda tahlil natijalariga köra qonunçilikda belgilangan çoralar köriladi. Qolaversa, hududlarda aniqlangan 2 ta qölbola ohak pişiriş öçoği bartaraf etilib, qonuniy çoralar körildi.
Bundan taşqari, Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan ham ğişt işlab çiqaruvçi "S.M." korxonasida ekologik talablarga rioya etilişi yuzasidan nazorat-reyd tadbiri ötkazildi. Örganiş davomida korxona atmosferaga yuqori darajada çang-gaz çiqarayotganligi aniqlanib, faoliyati vaqtinça töxtatildi hamda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berildi.
Reyd tadbirlari respublikaning barça hududlarida davom ettirilmoqda.





