Toşkentda noqulay meteorologik şaroitlar ta’sirida havo sifati yana özgardi
2026-10-29 10:40:00 / Yangiliklar

Havo sifati yomonlaşişiga haroratning pasayişi, juda kuçsiz şamol va harorat inversiyasi sabab böldi. Uşbu şaroitlar atmosferadagi havo almaşinuvini çeklab, mahalliy taşlamalar hamda PM zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib qolişiga şaroit yaratdi.
Kuzatilgan qisqa muddatli, kuçsiz yoğingarçilik (0.1 mm) havodagi PM zarraçalari miqdorining kamayişiga sezilarli ta’sir körsatmadi.
Şuningdek, tungi vaqtda "Ekologik monitoring milliy markazi" DM mutaxassislari tomonidan Yunusobod, Olmazor, Şayxontohur, Mirzo Uluğbek, Mirobod, Çilonzor va Uçtepa tumanlarida atmosfera havosi holati böyiça instrumental ölçovlar ötkazildi.
Prognozlarga köra, bugun, 29-oktabr kuni Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro AQI böyiça “nosoğlom”, milliy indeks böyiça esa “zarğaldoq” darajada bölişi kutilmoqda. Keçki soatlarda ham havo sifati “nosoğlom” darajada saqlanişi mumkin.



