Toşkentda havo sifati yomonlaşişi mumkin
2026-10-28 18:30:00 / Yangiliklar
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda. Jumladan, 28-oktabrdan 29-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “nosoğlom” darajada bölişi kutilmoqda. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa havo sifati asosan “zarğaldoq” darajada bölişi mumkin.
Tunda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Natijada PM zarraçalari yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib, ularning miqdori vaqtinça ortişi kutilmoqda.
Şuningdek, tunda ayrim vaqtlarda qisqa muddatli, kuçsiz yoğingarçilik kuzatilişi mumkin. Bu havodagi PM zarraçalari miqdorining biroz kamayişiga yordam beradi.
Prognozlarga köra, ertalab havo sifati Xalqaro AQI böyiça “sezgir guruhlar uçun nosoğlom”, milliy indeks böyiça esa “sariq” darajagaça yaxşilanişi kutilmoqda.
