Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻining maftunkor florasi
2024-10-09 12:45:00 / Yangiliklar
Tamshush boʻlimidagi kuzatuv-monitoring jarayonida sharq ilono‘ti, tojsimon karrak va yomg‘ir qo‘ziqorini suratga olindi.
Ma'lumot uchun, Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻi 2022-yilning 4-mart kuni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Hududda 667 turdagi o‘simliklar uchraydi. Bu mintaqada na’matak, do‘lana o‘suvchi butazor, archazor va tog‘ o‘rmonlari mavjud. Yaylov mintaqasi 2700-2800 metrdan doimiy qorlik va muzliklargacha bo‘lgan oraliqda bo‘lib, quyi qismini subalp, yuqori qismini alp o‘tloqlari egallagan.
Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida Fedchenko na’matagi, Turkiston do‘lanasi, qorazirk, oddiy shuvoq, dorivor marmarak, choyo‘t, bo‘yimodaron, tog‘rayhon, kiyiko‘t, qora andiz kabi xalq tabobatida qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar ham mavjud. O‘simliklarning 36 turi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.