Toşkentda havo sifati özgardi
2026-10-28 10:45:00 / Yangiliklar

Havo sifati yomonlaşişiga haroratning pasayişi, juda kuçsiz şamol hamda mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan havo massalarining şahar atrofida töplanişi sabab böldi. Uşbu şaroitlar ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini çeklab, mahalliy atmosfera taşlamalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga olib keldi.
Şuningdek, tungi vaqtda Ekologik monitoring milliy markazi mutaxassislari tomonidan Yunusobod, Olmazor, Yangihayot, Sergeli va Yaşnobod tumanlarida atmosfera havosi holati böyiça instrumental ölçovlar ötkazildi. Barça nuqtalarda PM2.5 miqdori “juda noqulay” toifasiga mos keldi.
Prognozlarga köra, bugun, 28-oktabr kuni kunduzgi soatlarda Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro AQI böyiça “noqulay”, milliy indeks böyiça asosan “sariq”, ayrim muddatlarda esa “zarğaldoq” darajada bölişi kutilmoqda. Keçki soatlarda ham havo sifati “noqulay” darajada saqlanişi mumkin.
Aholining sezgir qatlamiga, xususan, bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, yurak-qon tomir va nafas yöli kasalliklariga çalinganlarga keçqurun va tunda imkon qadar taşqariga çiqmaslik, taşqariga çiqqanda himoya niqobidan foydalaniş va oçiq havoda uzoq qolmaslik, keçqurun va tunda derazalarni yopiq tutiş tavsiya qilinadi.



