Ekologiya va iqlim özgarişi mavzusi jahon haykaltaroşlari nigohida
2026-10-28 10:15:00 / Yangiliklar

Mazkur simpoziumni ötkazişdan maqsad haykaltaroşlik san’ati orqali ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş mavzusini aholi ongiga çuqur singdiriş, Toşkent şahrining madaniy muhiti va landşaft qiyofasini yanada rivojlantiriş, xorijiy mamlakatlar haykaltaroşlari bilan samarali ijodiy hamkorlik, tajriba almaşişni yölga qöyiş, keng jamoatçilikni yuqori saviyadagi haykaltaroşlik asarlar bilan yaqindan taniştirişdan iborat.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi va Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasi tomonidan mazkur simpoziumga puxta tayyorgarlik körildi. Jumladan, joriy yil iyul-avgust oylarida “Ekologiya va iqlim özgarişi”, “Çöllanişga qarşi kuraşiş”, “Örmonlar va yaşil makon”, “Boğ va landşaft muhiti”, “Astronomiya va gidrometeorologiya” hamda erkin mavzuda tanlov e’lon qilindi. Tanlov yakuniga köra 50 ga yaqin davlatdan qariyb 200 nafar haykaltaroş 370 dan ziyod loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdi. Ulardan eng yaxşi 30 loyiha joriy yilgi simpozium uçun saralab olindi.
Uşbu simpozium dunyoning taniqli haykaltaroşlari bilan birga Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining talabalari uçun mahorat maydoniga aylandi. Ular haykaltaroşlik yönalişida olgan bilimlarini mahoratli haykaltaroşlardan örganayotgan amaliy tajriba bilan mustahkamlaş imkoniga ega bölmoqda.
Simpozium 14-noyabrga qadar davom etadi.
