Nega kuz va qiş fasllarida havo sifati yomonlaşadi?
2026-10-27 16:50:00 / Yangiliklar

Birinçisi — isitiş tizimlari bilan boğliq taşlamalarning köpayişi. Kuz va qiş fasllarida havo soviy boşlagani sababli binolarni isitişga ehtiyoj ortadi. Natijada isitiş jarayonida atmosferaga çiqariladigan zararli moddalar miqdori ham köpayadi. Bu, masalan, turar joylarni isitiş bilan boğliq bölişi mumkin. Özbekistonda esa issiqxonalarni isitiş ham muhim omillardan biri hisoblanadi.
Bahor va yoz fasllarida havo iliq bölgani uçun isitişga ehtiyoj kam böladi yoki umuman talab etilmaydi. Şu sababli bu davrlarda isitiş bilan boğliq taşlamalar kuz va qiş fasllaridagiga nisbatan kamroq böladi. Kuz va qişda esa aynan şu taşlamalar havoni ifloslantiruvçi qöşimça manbaga aylanadi.
Ikkinçi muhim sabab — qiş faslidagi meteorologik şaroitlar, ya’ni atmosfera havosi harakatlanişi va aralaşişidagi özgarişlardir. Aslida, qiş faslida atmosfera havosi aralaşişi yozdagiga qaraganda sustroq keçadi. Yozda havo qatlamlari yaxşiroq aralaşadi, natijada ifloslantiruvçi moddalar atmosfera böylab tarqaladi. Qişda esa atmosfera havosining quyi qatlamida aralaşiş jarayoni sustlaşadi va havo ifloslanişining tarqalişi çeklanadi.
Bunda atmosferaning çegara qatlami balandligi pasayadi. Bu — yer yuzasiga yaqin joylaşgan, havo almaşinuvi va aralaşişi faol keçadigan atmosfera qatlamining balandligi kamayişini anglatadi. Natijada ifloslantiruvçi moddalar yuqoriga kötarilib, kengroq hududga tarqalib ketmaydi, balki insonlar nafas oladigan yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib qoladi.
Şu sababli kuz va qiş fasllarida havoga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdori ortişi bilan birga, ularning atmosferada tarqalişi ham qiyinlaşadi. Aynan şu ikki omil — isitiş bilan boğliq taşlamalarning köpayişi va noqulay meteorologik şaroitlar — kuz va qiş oylarida havo sifati yomonlaşişining asosiy sabablaridir.
