Nega oktabrda Markaziy Osiyo şaharlarida havo ifloslanişi kuçaydi?
2026-10-27 16:05:00 / Yangiliklar
Raqamlar nimani körsatmoqda?
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan xalqaro va milliy monitoring ma’lumotlari asosida ötkazilgan tahlil Markaziy Osiyoning bir qator yirik şaharlarida bir vaqtning özida havo ifloslanişi kuchayganini körsatdi. 2026-yil 26-oktabr kuni IQAir ma’lumotlariga köra, Markaziy Osiyoning kuzatuv olib borilgan 8 ta yirik şahridan 6 tasida havo sifati indeksi (AQI) 100 dan oşgan. Jumladan, Bişkekda 160, Toşkentda 157, Chimkentda 149, Qarağandada 134 va Duşanbe şahrida 134 qayd etilgan. Şu kuni Bişkek jahon reytingida havosi eng iflos şaharlar orasida 4-örinni egallagan.
Qozoğistonda esa noqulay meteorologik şaroitlar böyicha ogohlantirişlar e’lon qilingan şaharlar soni 24-oktabrdagi 4 tadan 27-oktabrga kelib 10 taga yetgan.
Bu raqamlar havo sifati yomonlaşuvi mintaqaviy xususiyatga ega ekanini körsatadi. Bir-biridan uzoq şaharlarda bir vaqtning özida kuzatilgan bunday holatni faqat mahalliy manbalar bilan izohlab bölmaydi. Bunda ob-havo şaroiti va havo massalarining harakati ham muhim örin tutadi.
Havo ifloslanişi kuchayişiga nima sabab böldi
2026-yil oktabr oyining sönggi ön kunligida Markaziy Osiyoda antisiklon ta’siri, şamolning susayişi, yoğingarchilikning yöqligi va harorat inversiyasi kuzatildi. Bunday şaroitda yer yuzasiga yaqin havo yuqoriga kötarilib, erkin almaşina olmaydi. Natijada transport, sanoat, energetika va boşqa manbalardan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar, şuningdek, tabiiy chang atmosferaning quyi qatlamlarida töplanib qoladi.
Toşkentda 21-oktabrda 93 bölgan sutkalik örtacha AQI 26-oktabrga kelib 164 ga yetgan — beş kun ichida 76 foizga oşgan. Tahlillarga köra, havo ifloslanişi kechasi kuchayib, sönggi 30 kun davomida örtacha AQI soat 23:00 da 119 ga yetgan, soat 17:00 da esa 82 ni taşkil qilgan. Bu farq havo almaşinuvi va atmosferaning turğunligi ifloslaniş darajasiga jiddiy ta’sir körsatişini anglatadi.
Tabiiy chang qançalik ta’sir körsatmoqda?
Markaziy Osiyo Qoraqum, Qizilqum, Orolqum va boşqa quruq hududlarni qamrab olgan yirik chang belboğida joylaşgan. Şu sababli chang mintaqadagi havo sifatiga ta’sir qiluvchi muhim tabiiy omillardan biri hisoblanadi. Toşkentning Olmazor, Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlarida 2026-yil 12–16-oktabr kunlari olingan PM2,5 namunalarining laboratoriya tahlilida tabiiy chang uluşi örtacha 39,7 foizni, sanoat, transport va energetikadagi yoniş jarayonlari uluşi esa 42,6 foizni taşkil etgan. Demak, mayda zarrachalar bilan ifloslanişda tabiiy chang ham, inson faoliyati bilan boğliq manbalar ham muhim örin tutadi.
Chang faol bölgan 28-sentabr — 6-oktabr davrida esa tabiiy changning PM2,5 tarkibidagi uluşi örtacha 64 foizga, ayrim namunalarda 78 foizgacha yetgan. Bunda bir muhim jihatni hisobga oliş lozim: mintaqaviy chang havo oqimlari orqali şaharlarga yetib kelişi mumkin. Şuning uchun muammoni faqat şahar ichidagi choralar bilan töliq hal etib bölmaydi. Ayni paytda transport va yoniş jarayonlaridan chiqadigan taşlamalarni kamaytiriş ham zarur.
Toşkent havosida PM2,5 va PM10 miqdori kamaydi
Tahlilda keltirilgan ma’lumotlarga köra, 2026-yilning yanvar — 19-oktabr davrida Toşkentda PM2,5 miqdori ötgan davrga nisbatan 28 foizga, PM10 esa 32 foizga kamaygan. Oktabr oyining örtacha havo sifati indeksi ham 124 dan 104 gacha pasaygan. Şuningdek, IQAir’ning 2025-yilgi hisobotida yillik örtacha PM2,5 körsatkichi Duşanbe şahrida 57,3 mkg/m³, Qarağandada 72,6 mkg/m³ va Toşkentda 39,0 mkg/m³ bölgan. Bu ma’lumotlar Toşkentdagi qisqa muddatli ifloslaniş kuchayişini yil davomidagi umumiy holatdan alohida baholaş kerakligini körsatadi. Biroq ayrim körsatkichlarning pasayişi havo ifloslanişi muammosi hal etilganini anglatmaydi.
Iqlim özgarişi qanday ta’sir körsatmoqda?
Haroratning kötarilişi, qurğoqchilik va tuproq namligining kamayişi chang kötarilişi uchun qulay şaroit yaratadi. Orol dengizi qurişi natijasida paydo bölgan Orolqum ham mintaqadagi qöşimcha chang manbalaridan biriga aylangan. Iqlim özgarişi havo sifati yomonlaşuvi xavfini oşirişi mumkin. Biroq muayyan kunlardagi ifloslanişni faqat iqlim özgarişi bilan izohlaş töğri emas: har bir holatda meteorologik şaroit, changning tarqalişi va inson faoliyatidan kelib chiqadigan taşlamalar birgalikda baholanişi kerak.
Qanday choralar zarur?
Muammoni samarali hal qiliş uchun havo sifatini monitoring qiliş va prognozlaşni takomillaştiriş, aholini öz vaqtida ogohlantiriş, qöşni davlatlar gidrometeorologiya xizmatlari örtasida ma’lumot almaşinuvini kuchaytiriş muhim. Şu bilan birga, PM2,5 va PM10 zarrachalarining tarkibini muntazam laboratoriya tahlillaridan ötkaziş orqali tabiiy va antropogen manbalarning uluşini aniq baholaş lozim.
Transport, energetika va isitiş tizimlaridan chiqadigan taşlamalarni qisqartiriş, quriliş maydonlari va yöllarda chang kötarilişini cheklaş, kökalamzorlaştiriş işlarini izchil davom ettiriş ham dolzarb vazifalardir.
Xulosa örnida, 2026-yil oktabr oyida Markaziy Osiyo şaharlarida havo ifloslanişining kuchayişi noqulay meteorologik şaroit, tabiiy chang va inson faoliyatidan kelib chiqadigan taşlamalarning özaro ta’siri natijasidir. Bu muammoni hal qiliş uchun nafaqat havo ifloslanişi kuchaygan kunlardagi vaziyatga munosabat bildiriş, balki uning manbalarini aniqlaş, taşlamalarni kamaytiriş va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytiriş zarur.
