Atmosfera havosi holatining yomonlaşişi töğrisida ma’lumotnoma
2026-10-26 20:20:00 / Yangiliklar

Bundan taşqari, haroratning pasayişi bilan isitiş tizimlari va boşqa manbalardan atmosferaga çiqariladigan çiqindilar miqdori ortadi. Natijada çang va antropogen ifloslantiruvçi moddalarning birgalikdagi ta’siri havo sifatiga salbiy ta'sir etadi.
Oktabr oyida Toşkent observatoriyasida yoğingarçilik 11.4 mm qayd etildi (oktabr oyi uçun norma 23.7 mm).
Meteorologik prognozlarga köra, yoğingarçilik kutilmayotgani sababli, uşbu holat hafta davomida saqlanişi kutilmoqda.
Atmosfera havo sifatini yahşilaş uçun quyidagilar amalga oşirilmoqda:
— Yirik 30 ta quriliş taşkilotlari çang va qum zarraçalarining havoga kötarilişini oldini oliş uçun çang bostiriş tadbirini amalga oşiriş böyiça ogohlantirildi;
— Atrof muhitga ta'siri böyiça I va II toifaga kiruvçi 131 ta yirik xöjalik yurutuvçi subyektlar atmosferaga taşlanadigan taşlamalar miqdori 2 barobarga kamaytiriş yuzasidan, şuningdek, Toşkent şahri va unga tutaş hududda faoliyat yuritadigan 7 ta IESlar ogohlantirildi;
— Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimligi tomonidan asosiy köçalar va yöl çetlaridagi qum-çangni yiğiştirib, mavjud favvoralarning işlatilişini taşkil etiş söraldi.
Xalqaro havo sifati platformasi (IQAir) mazkur ifloslaniş asosiy uluşi tabiiy omillarga töğri kelişini tasdiqlamoqda. (IQAir manba)
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi aholiga havo sifati böyiça muntazam ogohlantirişlar va tavsiyalar berib boradi.
