Nima uçun sovuq mavsumda Toşkentda havo ifloslanişi kuçayadi?
2026-10-26 19:15:00 / Yangiliklar

Havo ifloslanişi sabablaridan biri — atmosfera havosining aylanişi, ya’ni havo sirkulyatsiyasi bilan boğliq jarayonlardir. Toşkent şahri toğoldi hududda, vodiyga tutaş joyda joylaşgan. Bu hududda şimoli-şarq va janubi-ğarb yönalişlaridan esuvçi şamollar muhim örin tutadi. Şamolning yönalişi va tezligi atmosfera havosi almaşinuvi hamda ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişiga bevosita ta’sir körsatadi.
Özbekistonlik olimlar tomonidan Örta Osiyo hududida yer yuzasiga yaqin havo sirkulyatsiyasi xususiyatlarini aniqlaş böyiça yirik ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Zamonaviy ilmiy tasnifga köra, hududda 17 ta sinoptik jarayon turi mavjud. Har bir sinoptik jarayon turida yuqori va past bosimli atmosfera sohalarining joylaşuviga qarab, havo oqimlari muayyan yönalişlarda harakatlanadi.
Sovuq yarim yillikda şamol tezligining past bölişiga sabab böladigan sinoptik jarayonlarning takrorlanişi va davomiyligi ortadi. Bunday şaroitda nafaqat Toşkentda, balki butun Markaziy Osiyo hududida atmosfera havosi almaşinuvi sekinlaşişi mumkin. Natijada havoni ifloslantiruvçi moddalar tez tarqalmay, atmosferada uzoqroq saqlanib qoladi va yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanadi.
Bundan taşqari, Toşkent şahrida yirik şaharlarga xos bölgan harorat inversiyasi jarayonlari ham kuzatiladi. Ayniqsa, qiş oylarida, havo juda sovuq bölgan paytlarda, tungi vaqtda inversiya yuzaga kelişi odatiy hol hisoblanadi. Bunday vaziyatda yer yuzasiga yaqin sovuq havo qatlamining ustida iliqroq havo qatlami joylaşadi. Natijada havoning vertikal aralaşuvi çeklanib, ifloslantiruvçi moddalar yerga yaqin qatlamda töplanişi mumkin.
Atmosferadagi sinoptik jarayonlar bir neçta guruhga ajratiladi. Ulardan biri — siklonlarning kirib kelişi bilan boğliq jarayonlardir. Bunday jarayonlar sovuq yarim yillikda ham kuzatiladi. Odatda, bu vaqtda Örta Osiyo, jumladan, Toşkent hududi orqali iliq va sovuq atmosfera frontlari ötadi. Ular ma’lum miqdorda yoğingarçilik keltirib çiqarişi va atmosferadagi ayrim ifloslantiruvçi zarraçalarning kamayişiga, ya’ni havoning tozalanişiga yordam berişi mumkin.
Yana bir muhim guruh — antisiklon jarayonlaridir. Bunda uçta asosiy sinoptik jarayon turi ajratiladi. Antisiklon Rossiyaning Yevropa qismida joylaşganida, havo oqimlari Qozoğiston orqali şimoli-ğarbdan Toşkentga kirib keladi. Antisiklon Qozoğiston şimolida joylaşgan şaroitda esa şimoliy havo oqimlari Qozoğiston orqali Toşkent tomon harakatlanadi. Antisiklon Sibir hududida joylaşganida, havo oqimlari Qozoğiston hududi orqali şimoli-şarqdan Toşkentga kirib keladi. Uşbu jarayonlar bilan bir qatorda, atmosfera bosimi gradienti kiçik bölgan yuqori va past bosimli maydonlar ham kuzatiladi. Yuqori bosimli maydon ta’sirida şamolsiz yoki juda kuçsiz şamolli şaroit yuzaga kelişi mumkin. Past bosimli maydon şaroitida ham şamolsiz yoki past tezlikdagi şamollar kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda havo almaşinuvi sustlaşib, ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişi qiyinlaşadi.
Sönggi yillardagi statistik ma’lumotlarga köra, antisiklonal jarayonlar, ayniqsa, atmosfera bosimi gradienti kiçik bölgan yuqori va past bosimli maydonlarning takrorlanişi hamda davomiyligi ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bunday şaroitda şamol tezligining past bölişi va atmosfera havosi almaşinuvi sekinlaşişi havo ifloslanişi kuçayişiga zamin yaratadi.
Ayniqsa, qiş mavsumida tungi vaqtlarda harorat inversiyasining tez-tez yuzaga kelişi ifloslantiruvçi moddalarning yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanişiga olib kelişi mumkin. Şu sababli havo sifatini baholaşda nafaqat ifloslaniş manbalarini, balki şamol tezligi va yönalişi, atmosfera bosimi, siklon va antisiklonlar harakati, yoğingarçilik hamda harorat inversiyasi kabi meteorologik omillarni ham hisobga oliş muhimdir.
Havo ifloslanişining sabablarini çuqur örganiş va uşbu omillarning ta’sirini töğri baholaş ilmiy asoslangan yeçimlarni işlab çiqiş, ekologik çoralarni samarali rejalaştiriş hamda atmosfera havosi sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi.
