Havo ifloslanişi sabablari örganilib, yeçimlar işlab çiqilmoqda
2026-10-26 19:10:00 / Yangiliklar

Şu maqsadda Prezident farmoni bilan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tasarrufidagi Ixtisoslaştirilgan atmosfera laboratoriyasi markazi taşkil etilgan. Markaz rahbari, texnika fanlari doktori Zikrilla Alimovning ta'kidlaşiça, markaz laboratoriyasida ilğor xalqaro tajriba va zamonaviy uskunalar asosida atmosfera havosini ifloslantiruvçi moddalarning kelib çiqiş manbalari örganilmoqda. Bu esa havo ifloslanişida qaysi omillar köproq ta’sir körsatayotganini aniqlaşga yordam beradi.
Ayni paytda Toşkent şahrining barça tumanlarida havodan maxsus filtrlar orqali namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinmoqda. Tadqiqotlar davomida ifloslantiruvçi moddalarning manbalari, ularning havo sifatiga ta’siri hamda meteorologik şaroitlar bilan boğliq jihatlari örganilmoqda. Kelgusida bu tajribani respublika böylab keng joriy etiş ham rejalaştirilgan.
Havo sifatiga inson faoliyati bilan boğliq omillardan taşqari, ob-havo şaroiti ham ta’sir körsatadi. Masalan, uzoq vaqt yoğingarçilik bölmasligi çang miqdorining ortişiga olib kelişi mumkin. Harorat inversiyasi vaqtida esa yerga yaqin havo qatlamida ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişi çeklanib, ularning töplanişi kuçayadi.
Uşbu tadqiqotlar havo ifloslanişining asl sabablarini aniqlaş, muammoning oldini oliş va uning salbiy ta’sirini kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarni işlab çiqiş uçun muhim ahamiyatga ega. Zero, havo sifatini yaxşilaş uçun nafaqat ifloslanişni kuzatiş, balki uni keltirib çiqarayotgan manbalarni aniqlab, ilmiy asoslangan yeçimlarni amalga oşiriş zarur.
